3-rasm. Auditor ishlari sifatini nazorat qilishning asosiy yo‘nalishlari
Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o‘z
ichiga oladi:
Ayrim auditorlik
tekshiruvlarini nazorat
qilish.
Sifatni umumiy nazorat
qilish
Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va
kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat
erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi.
Nazorat. Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda
(adekvat) ish tutish uchun xo‘jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng
muammoli masalalarini bilish.
Tekshirish. Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular
bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning yetarliligi va auditorlik
tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga
tayanadi:
Mustaqillikb qoida va amallar barcha pog‘onalar xizmatchilarining
mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu
talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o‘z mijozlarining
ro‘yxatini tarqatishi va o‘z xizmatchilaridan mustaqillik to‘grisidagi arizani
imzolashlarini talab qilishi mumkin.
Xizmatchilarga topshiriqlar, qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik
va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni
oldindan, o‘z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib
rejalashtirishi kerak.
Konsultatsiyalar,qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari
texnik masalalar bo‘yicha bilimdon va obro‘li kishilardan yordam olishga
intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun
auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda
auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin
. Nazorat,qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda
o‘rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari
lozim. Auditorlik tashkilotining nazorat
amallarini o‘rnatishi uchun javobgarligi, audit o‘tkazuvchi, rejalashtirish va
kontrakt bo‘yicha muayyan majburiyatlarni, bajaruvchi muayyan shaxslar
javobgarligidan alohida ajratilgan. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik
tashkiloti barcha ish hujjatlarini, hisobotlarni talab qilishlari va ularni tekshirish
uchun tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga taqdim qilishi mumkin.
Ishga yollash,qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali
mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu nazorat
talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni o‘rnatishi
mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo‘yicha bilim
darajasi yaxshi, o‘rtacha yoki o‘rtacha bo‘lgan kollej bitiruvchisi yuritishi
mumkin).
Professionallik darajasini oshirish,qoida va amallar auditorlik tashkilotining
xizmatchilari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun yetarli bilimlarga
egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish
uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o‘z malakasini
oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratishi
mumkin. Lavozimini ko‘tarish. Qoida va amallar xizmati bo‘yicha ko‘tarilayotgan
xodimlarning yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan har
gal majburiyatlarini bajarganlaridan so‘ng baholash va ularning lavozimini eng
bo‘lmaganda yilda bir marta ko‘tarishga maslahat berish zarur. Mijozlarning
ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida va amallar
auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo‘qotgan xo‘jalik yurituvchi subekt
bilan bog‘lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik
tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo‘lg‘usi mijoz bilan ish olib borgan
taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot olinishi kerak.
Tekshirib (nazorat o‘tkazib) turish,qoidalar va amallar auditor ishlarining
sifatini nazorat qilish samarali o‘tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni
ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun har bir xizmatchining
majburiyatlarini tanlash, ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan,
boshqa hamkorlar yoki xizmatchilar tomonidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ma’muriy ishlar va xodimlar yuritadigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirilishi
zarur. Auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini hujjatlar
bilan tasdiqlaydigan tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va hajmi
auditorlik tashkilotining katta-kichikligi, faoliyat ko‘rsa-tuvchi bo‘limlar soni,
faoliyat tavsifi va boshqa omillarga bog‘liq.
Hamkor yoki hamkorlar, xo‘jalik yurituvchi subekt hajmiga ko‘ra, mazkur
auditorlik tashkilotida amal qilayotgan, sifat ustidan nazorat qilish tizimining
samaradorligi uchun javobgar bo‘lishlari lozim. Bunday nazorat qoidalari va
amallari, ushbu qoidalar va amallar bilan xizmatchilarni xabardor qilish amaliyoti
va majburiyatlarni taqsimlash o‘z vazifalariga oldingiday javob beradi. Nazorat
qoidalari va amallarini belgilash.
Auditor ishlari sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarining tavsifi va
miqyoslari quyidagi shart-sharoitlarga bog‘liq:
Auditorlik tashkilotining hajmiga;
Auditorlik tashkiloti xizmatchilari va funksional bo‘linmalarining
mustaqillik darajasiga;
Amaliy faoliyat mohiyatiga, uning: ochiq aksiyadorlik jamiyatlari auditi;
yopiq aksiyadorlik jamiyatlari auditi; buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyati
tahlili sohasidagi xizmatlar; foyda solig‘ining hajmini aniqlashga doir xizmatlar;
o‘zaro audit o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlar kabi komponentlarini e’tiborga olgan
holda;
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini ishlab
chiqish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, olingan foydaga nisbatan xarajatlar
darajasiga.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini o‘rnatishda
auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va usullarini amalga
oshirish bo‘yicha malakali xizmatchilar o‘rtasida vazifalarini taqsimlash;
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini
xizmatchilar e’tiboriga yetkazish;
Qoidalar va amallar, ularni qo‘llash uslublariga va xizmatchilarga
yetkazish amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun auditor
ishlari sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma
shaklda ifodalangan bo‘lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda
og‘zaki yetkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir marta
takrorlanishi mumkin. Ayni paytda auditorlik tashkiloti o‘z qoidalari va amallari-ni
hujjatlar bilan mustahkamlashi tavsiya qilinadi. Hujjatlashtirish turlari va hajmi,
eng avvalo auditorlik tashkilotining hajmi va uning faoliyati xususiyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |