1-rasm.
Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
O’zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunini
amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va
boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini yuritishni
ta’minlash maqsadida so’nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik
faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi
3
.
Xususan, belgilab qo’yildiki, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish
ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning
moliyaviyxo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan
majburiy tarzda tegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi.
Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar
hisoblanadi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish lisenziyasiga ega
bo’lgan yuridik shaxsdir
77
. Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga
oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari xamda
boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
3
O’zbektiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni, 25.02.2021 y.
Mustaqillik
Xolislik
Erkinlik
Maxfiylik
Professional
malakalilik
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari,
shuningdek qonun xujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi
taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la
olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ko’rinishidan
tashqari, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda
tuzilishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir
4
:
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun
xo’jalik yurituvchi subyektning ta’sis xujjatlari xamda buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobot xujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil
belgilash;
•
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi subyekt
amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq xujjatlarni to’liq
hajmda olish, shuningdek ushbu xujjatlarda hisobga olingan xar qanday mol-
mulkning amalda mavjudligini xamda xar qanday majburiyatlarning amaldagi
xolatini tekshirish;
•
auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar
bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va
yozma tushuntirishlar olish xamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan
qo’shimcha ma’lumotlarni olish;
•
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik
yurituvchi subyektdan olish;
•
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha
axborot xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda
auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
•
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va
boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
4
O’zbektiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni, 25.02.2021 y.
•
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo’jalik yurituvchi
subyektga professional xizmatlar ko’rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo’lga
qo’yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
•
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo’lib kirish.
Auditorlik tashkiloti qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega
bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik
yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida
moliyaviy hisobot xamda xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy
axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish
oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada
o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan
foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot
to’g’riligi va qonun xujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy hisobotini xamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni
auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Auditorlik tekshiruvi 2 xil shaklda o’tkaziladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi
subyekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi subyekt
mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan
kelishib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |