Muqobil balans tuzish – auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq.
Takrorlash uchun savollar: Auditorlik dalillar nima?
Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?
Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud?
Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?
Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?
8-MAVZU. AUDITORLIK DALILLAR MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 1. Quyidagilardan qaysinisi auditorlik dalillarning eng ishonchlisi hisoblanadi?
A. Uchinchi shaxsning og‘zaki bildirishlari.
B. Uchinchi shaxsning dastlabki hujjatlari.
C. Auditorning bevosita kuzatish va moliya xo‘jalik muomalalarini o‘rganishi natijasida olingan dalillar.
D. Mijoz korxonani inventarizatsiya qilishdan olingan ma’lumotlar.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Auditorlik amali nima?
A. Bu mijoz korxonani inventarizatsiya qilishdir. B. Bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibda va ketma-ketligidir. C. Bu uchinchi shaxsning og‘zaki bildirishlarini yig‘ishdir. D. Bu mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalar bilan solishtirishdir. E. To‘g‘ri javob yo‘q. 3.Tahliliy amallar nima? A. Bu auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni baholash, g‘ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto‘g‘ri aks ettirilgan xo‘jalik faoliyati faktlarini aniqlash. B. Bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarni aks ettirish. С. Bu mijoz korxonani inventarizatsiya qilish. D. Bu mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish. E. To‘g‘ri javob yo‘q. 4. Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog‘ida quyidagilardan qaysi birini bajaradi? A. Korxonani tahlil qiladi. B. Mijoz korxonani inventarizatsiya qiladi. C. Uchinchi shaxsning og‘zaki bildirishlarini yig‘adi. D. Dalillovchi ma’lumotlarni to‘playdi. E. To‘g‘ri javob yo‘q. 5. Quyidagilardan qaysi birini auditorlik dalillarini to‘plash ketma-ketligiga taalluqli emas? A. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash. B. Auditorlik amallarini bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. C. Auditorning bevosita kuzatish va moliya xo‘jalik muomalalarini o‘rganishi natijasida olingan dalillar. D. To‘plangan dalillarni baholash. E. To‘g‘ri javob yo‘q. 6. Quyidagilardan qaysi biri auditorlik dalillarini to‘plash usullariga taalluqli emas? A. Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish. B.Ayrim xo‘jalik muomalalarni hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish. C. Inventarizatsiya. D. To‘plangan hujjatlarni baholash. E. To‘g‘ri javob yo‘q. 7.Quyidagilardan qaysi biri auditorlik tashkilotining ish hujjatlari hisoblanmaydi? A. Xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlarining nusxalari. B. Xo‘jalik yurituvchi subyektning tushuntirishlari, bildirishlari. C. Auditorlik tashkilotining tahliliy hujjatlari. D. Auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llanilgan amallar. E. Noto‘g‘ri javob yo‘q. 8. Auditorlik dalillari olinish manbasiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi. A. Yozma va og‘zaki. B. Tasdiqlovchi, hujjatlashtirilgan. C. Ichki, tashqi va aralash dalillar. D. Manbali olingan dalillar. E. Maxsus tahlil o‘tkazilgan dalillar. 9. Auditorlik to‘plash ketma-ketligidagi eng oxirgi pog‘ona qaysi pog‘ona hisoblanadi? A. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash. B. Auditorlik amallarini bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. C. Auditorlik dalillarini to‘plashning maqsadini shakllantirish. D. Dalillarni baholash. E. Ekspert dalillariga qo‘shimchalar qilish. 10. Auditorlik ish hujjatlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi? A. Analitik va sintetik registrlar. B. Auditni rejalashtirish to‘g‘risidagi yozuvlar. C. Muqobil balans. D. Hujjatlarga qilingan xulosalar. E. B va D javoblar. Masala. Umumiy hujjatlar soni 500 ta bo‘lib, tanlab tekshiriladigan hujjatlar 50tani tashkil etadi. Talab qilinadi: Tanlab olish intervalini va tasodifiy tanlash tartibini aniqlang? Masala. Auditor mol yyetkazib beruvchilar bo‘yicha 60 ta hujjatni tekshirib chiqdi va 2 ta hujjatda xatolik aniqlandi. Mol yyetkazib beruvchilar bo‘yicha umumiy hujjatlar soni 400 tani tashkil etadi. Talab qilinadi: Ushbu aniqlangan xatolikning umumiy to‘plamga ta’sirini aniqlang? MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 1. Auditorlik tanlashning populyatsiyasi nimani o‘zida ifoda etadi? A. Aniqlanadigan elementlar segmentini. B. Aniqlanadigan segmentni. C. Aniqlanadigan elementlar guruhidir. D. Depression bog‘liqlikni. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 2. Nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishda tanlash risklarining qanday turlari mavjud? A. Tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo‘lganida to‘g‘ri gipotezani chiqarib tashlash riski. B. Tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu tizim ishonchsiz bo‘lganida noto‘g‘ri gipotezani qabul qilish ehtimoli. C. Umuman risk mavjud emas. D. A va B. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 3. Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi nimadan iborat? A. Ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‘lchashdan. B. Hisob siyosatini tekshirishdan. C. Buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishdan. D. Ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 4. Auditorlik tanlash - ? A. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir B. Bu alohida yozuvlar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. C. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan moddalardir. D. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun tanlab olingan elementlardir. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 5. Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirishning vazifasi nimadan iborat? A. Ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‘lchashdan. B. Hisob siyosatini tekshirishdan. C. Buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishdan. D. Ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 6. Tanlab tekshirish nimalarni o‘z ichiga oladi? A. Tanlash ko‘lami, kuzatish birligi. B. Tanlash birligi, tanlash uslublari. C. Saylab olish hajmi, salmoqli (reprezentativ) tanlash. D. A va B. E. A, B va D. 7. Qanday tanlashga uyg‘unlashgan tanlash deb ataladi? A. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha tanlash. B. Tasodifiy va sistematik tanlash usullarining yig‘indisi. C. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy interval tanlab olingan usul. D. A va B. E. A, B va D. 8. Tanlov o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganiladigan butun to‘plamni alohida guruhlar (quyi to‘plamlar)ga bo‘lish nima, deb ataladi? A. Stratifikatsiyalash. B. Dispersiyalash. C. Ekstrapolyatsiyalash. D. Determinlash. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 9. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini qaysi hujjatda aks ettiradi? A. Auditorlik shartnomada. B. Auditorlik hisobotida. C. Auditorlik xulosasida. D. Auditorning ishchi hujjatlarida. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 10. Tekshiriladigan to‘plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishi nima, deb ataladi? A. Dispersiya. B. Ekstrapolyatsiya. C. Reprezentativlik. D. Stratifikatsiya. E. To‘g‘ri javob mavjud emas.