Auditor ishi sifatini nazorat qilish


Auditor ishi sifatini nazorat qilish tushunchasi



Download 22,38 Kb.
bet2/3
Sana03.01.2022
Hajmi22,38 Kb.
#317044
1   2   3
Bog'liq
sardor

Auditor ishi sifatini nazorat qilish tushunchasi

Auditor ishi sifatini nazorat qilish auditning o‘tkazilishida va auditga turdosh xizmatlarning ko‘rsatilishida audit standartlarining va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy chora-tadbirlar, uslublar va tartib-taomillar tizimini ifodalaydi.

Har bir auditorlik tashkiloti ish sifatini nazorat qilish prinsiplari va qoidalarini, shuningdek ularni qo‘llash tartib-taomillarini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim. Bu esa audit jarayonida tekshirishning umumqabul qilingan standartlari bilan qarama-qarshiliklar yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.

Auditor ishi sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:

Asosiy auditor tomonidan o‘z assistentlari ishini nazorat qilish;

Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;

Tashqi nazorat.

Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish prinsiplari va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan qaramaqarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur.

Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, jo-riy va keyingi nazorati ta’minlashi lozim.

Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish va litsenziyalash bosqichmda bajariladi.

Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish.

Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning yetarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.

Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik) auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligiga; sifat standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazoratga; sifatni nazorat q-ilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishiga asoslanadi.

Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy auditorning assistentlar ishlari ustidan nazorati, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, va boshqalar.

Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, auditning tashkiliy-ahloqiy prinsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining bosh-qa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.

Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilish-ga talablar va muayyan auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasidaligini ta’minlash №5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


  • Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.


  • Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.


  • Тashqi nazorat.


Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy auditor audit o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilib va yo’naltirib turishi lozim.

Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi.

Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq javobgardir.

Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari lozim bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.

Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:



  • Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturi-

ning asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;




  • Тashkiliy-axloqiy auditorlik prinsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga professional xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini yo’lga qo’ygan) auditor, yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi;


  • Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan o’tkazish.


Тashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega:

  • Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.


  • Sifatni umumiy nazorat qilish.




Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish