Audit strategiyasini ishlab chiqish



Download 75,93 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2022
Hajmi75,93 Kb.
#677487
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
audit

Joriy fayl. Auditoming korxona tomonidan biror yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlari yuzasidan o'z fikrini bildirishi uchun joriy fayldagi ishchi qog'ozlar asos bo'ladi. Ushbu fayldagi har bir hujjat tegishli tartibda raqamlanadi. Buning natijasida ushbu hujjatlami tez topish, ularga boshqa hujjatlarda murojaat etish mumkin bo'ladi.
Doimiy fayl. Doimiy fayllar quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:
1) bir necha yihar davomida o'zgarmaydigan m a ’lumotlami auditoming yodiga solish;
2) auditorlik firmasining yangi xodimlariga mijoz korxona haqida umumiy ma ’lumot berish;
3) keyingi yillardagi audit tekshiruvida nisbatan o‘zgarmas hujjatlarning qayta tayyorlanishining oldini olish.
Doimiy fayllarda saqlanadigan m a’lumotlarning asosiy qismi dastlabki audit tekshiruvi davomida to'planadi. Umuman olganda, doimiy fayl audit tekshiruvi vaqtini qisqartirishning samarah vositasi hisoblanadi. Kompyuterlashtirish asri boshlanishidan oldin audit ishchi qog'ozlari qalam yoki ruchka vositasida maxsus qog'ozlarda tayyorlanar edi. Ammo hozirda axborot texnologiyalarining keng ko'lamda rivojlanishi audit sohasiga ham o'z ta ’sirini o'tkazdi va hozirda auditorlar tekshiruv jarayonida shaxsiy kompyuterlardan keng foydlanadilar. Buning natijasida hozirda ishchi qog'ozlar ham asosan kompyuterlarda elektron ko'rinishda tayyorlanadi. Audit tekshiruvida kompyuter vositalaridan foydalanishning ahamiyati shundaki, agar biror ishchi qog'ozga o'zgartirish, tuzatish kiritilsa butun ma’lumot ushbu ishchi qog‘ozga bog‘hq bo'lgan boshqa ishchi qog'ozlarga ham avtomatik tarzda maxsus kompyuter dasturlari yordamida kiritiladi. Misol uchun, mijoz foiz ko'rinishidagi xarajatlarni noto'g'ri hisoblagan bo‘lsa va bu hoi auditor lomonidan aniqlansa auditor bu ma’lumotni tuzatuvchi provodkalar aks etadigan ishchi qog'ozlarda ko'rsatadi. Bu m a’lumot avtomatik tarzda ishchi balansga ham kiritiladi Ushbu vazifa qo'lda bajarilsa auditor tegishli tuzatishlamibir necha hujjatda ketma-ket, alohida yozib chiqishi kerak bo'lar edi. Buning natijasida audit tekshiruvi uchun ortiqcha vaqt sarflanadi.
Ishchi qog'ozlar auditorlik firmasining har bir boshqaruv darajasida ko'rib chiqiladi. Katta auditor assistentlar tayyorlagan ishchi qog'ozlar bilan tanishadi. Menejer assistentlar va katta auditor tomonidan tayyorlangan ishchi qog'ozlami tekshiradi. Firmaning partnyori esa barcha ishchi qog'ozlami tekshirib chiqadi. Ba’zi firmalarda ishchi qog'ozlar ikkinchi partnyor tomonidan ham ko'rib chiqiladi. Audit ishchi qog'ozlarini tekshinivdan o'tkazishdan maqsad, rahbariyat o'tkazilgan audit tekshiruvining har bir bosqichi tegishli tartibda hujjatlashtirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat. Ammo yuqoridagi tekshimvlar o'rtasida xususiyatiga ko'ra farqlar mavjud. Ishchi qog'ozlami katta auditor tekshirganda uning asosiy maqsadi assistentlar tekshiruv jarayonida to'g'ri uslublami qo'llagani va tekshiruv yakunida hosil bo'lgan fikrini to'g'ri ifodalaganiga ishonch hosil qilishdan iborat. Ishchi qog'ozlar menejer va partnyor tomonidan audit tekshiruvi o'z yakunga yeta boshlagan davrda tekshiriladi. Bundan maqsad, bir vaqtning o'zida barcha ishchi qog'ozlami tekshirish mumkin bo'ladi.
Auditorlik firmasi rahbariyati ishchi qog'ozlami tekshirish jarayoniga tanqidiy yondoshishi, aniqlangan har qanday kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilishi kerak. Aks holda, e ’tiborsizlik bilan tayyorlangan ishchi qog'ozlar sudda jabrlanuvchi tomonidan auditorlik firmasiga qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkin. Auditorlik xulosasi faqatgina barcha ishchi qog'ozlar rahbariyat tomonidan tekshirilib, imzolangach mijozga taqdim qilinishi mumkin.


XULOSA
Hozixgi xalqaro amaliyotda zamonaviy audit o‘z obyektiga ko‘ra uch turga bo'lingan:
1.moliyaviy hisobotlar auditi;
2.moslik auditi;
3.operatsion audit.
Auditorlik faoliyati o‘z turiga ko'ra ikkiga bo'linadi:
1.tashqi audit;
2.ichki audit.
Tashqi auditni o'kazishdan maqsad: buxgalteriya hisoboti to'g'ri va to'liq ma’lumotlami aks ettirayotganini o'rganish yoki ishonchsiz ma’lumotlarni aks ettirayotgan hollami aniqlash; korxona o‘z buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ma’lum qonun-hujjatlarga asosan yuritayotganini tekshirish; audit tekshimvidan o'tayotgan davr uchun korxona o‘z daromad, xarajat va yakuniy moliyaviy natijalarini to'g'ri aks ettirayotganini o'rganish. Tashqi audit yakunida auditorlik hisoboti va xulosasi taqdim etiladi.
Tashqi audit o'z xususiyatiga ko'ra quyidagi ikki ko'rinishga ega:
1.ixtiyoriy audit;
2.majburiy audit.
Ixtiyoriy audit kompleks va tematik asosda tashkil etilishi mumkin. Majburiy audit ≪Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun” ning 10-moddasiga muvofiq, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda, yuqori turuvchi davlat muassasalarining talabi bilan korxona rahbariyati buyurtmasiga asosan auditorlar tomonidan o'tkaziladigan audit tekshiruvidir. Majburiy audit tekshiruvidan o'tishdan bosh tortish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi.
Hisobot asosida esa katta auditor mijoz moliyaviy hisobotlari yuzasidan tasavvur hosil qiladi va xulosa tayyorlaydi. Mijoz ichki nazorat tizimi haqida tasawurga ega bo'lish auditor uchun butun tekshiruv jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Shu sabab auditorlar ushbu tizim haqidagi o'z tushunchalarini ishchi qog'ozga tushiradilar. Ichki nazorat tizimi, odatda, blok sxema ko'rinishida tasvirlanadi.Ushbu tizimning ba’zi qismlarini tasvirlash uchun yozma ma’lumotnoma tayyorlanishi yoki maxsus savolnoma to'ldirilishi mumkin. Bu ishchi qog'ozlaming barchasi keyingi boblarda keltiriladi.
Ichki nazorat tizimini o'rganish yuzasidan o'tkaziladigan testlar, schyotlarning so'mdagi ifodasining to'g'riligini tekshirish uchun emas, balki shu summalaming to'g'ri bo'lishini ta’minlashi zarur bo'lgan nazorat tizimining sifatini o'rganish maqsadida o'tkaziladi. Odatda, ma’lum turdagi nazorat tizimi mohyaviy hisobotning barcha shakllariga ta’sir etishi mumkin. Yuqoridagi misolimizda, tovarlar sotuvi bo'yicha tayyorlangan hujjatlar tegishli taizda raqamlashtirilmasa, ≪Tovarlami sotishdan olingan daromad≫, ≪Sotilgan tovarlar tannarxi≫, ≪Uzoq va qisqa muddatli debitorlik qarzlari≫, ≪Ombordagi tovarlar” kabi schyotlarda keltirilgan summalaming to'g'riligini shubha ostiga qo'yadi. Natijada balans hisoboti, mohyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, xususiy capital to'g'risidagi hisobot, pul oqimlari to'g'risidagi hisobot ma’lumotlari haqiqatdagi ma’lumotlar bilan mos kelmasligi riski oshib boradi.
Nazorat riskini qayta baholash va asoslovchi testlarni ishlab chiqish. Nazorat testlarini yakunlagach auditorlar nazorat riskini qayta baholaydilar va o'tkazilgan testlar asosida audit tekshiruvini yakunlash uchun o'tkazilishi lozim bo'lgan asoslovchi testlarning turi, vaqti va ko'lamini belgilaydilar. Nazorat testlari awalo ichki nazorat tizimining sifatini, ishlash samaradorligini o'rganish uchun zarur bo'lsa, asoslovchi testlar mohyaviy hisobotlardagi aniq bir elementlarining to'g'ri va to'liq ko'rsatilganhgini asoslash uchun zanudir. Misol uchun mijoz buxgalteriya tizimida aks ettirilgan debitorlik qarzlarining haqqoniy ekanligini tekshirish. Ichki nazorat tizimining bosh vazifasi buxgalteriya ma’lumotlarining to'g'ri va to'liq bo'lishini ta’minlashdan iborat. Shu munosabat bilan auditorlar samarali ichki nazorat tizimiga ega bo'lgan schyotlarda kamroq ko'lamdagi asoslovchi testlami o'tkazishlari va sifatsiz ichki nazorat tizimiga ega schyotlarga nisbatan esa kengroq ko‘lamdagi asoslovchi testlami o‘tkazishlari mumkin. Ammo umumiy mohyaviy hisobotga nisbatan kam ahamiyath schyotlarga garchi ularga nisbatan ichki nazorat tizimi sifatsiz bo‘lsada, asoslovchi testlami tor doirada o'tkazish ham yetarli. Chunki ulardagi xatolik biz yuqorida ko‘rib o'tgan muhimlik nuqtayi nazaridan juda kichik hisoblanadi. Auditor tomonidan ichki nazorat tizimida muhim kamchiliklar aniqlangan taqdirda auditor bu holat yuzasidan mijoz rahbariyatiga xabar berishi va bu kamchiliklarni bartaraf etish choralarini taklif etishi lozim.
Asoslovchi testlami o‘tkazish va audit tekshiruvini yakunlash. Bu bosqichda auditor mijoz ichki nazorat tizimining sifatiga qarab ishlab chiqqan asoslovchi testlami o‘tkazadi va mohyaviy hisobotlaming elementlarida ma’lumotlar to'g'ri va to'liq keltirilganiga yoki unday emasligiga ishonch hosil qiladi.
Moliyaviy hisobotlar yuzasidan fikr hosil qilish va auditorlik xulosasini tayyorlash. Audit tekshiruvi jarayonida so'nggi audit protsedurasi qo'llanilib o'z nihoyasiga yetkazilgan kun audit tekshiruvining so'nggi kuni deyiladi. Auditorlik xulosasiga audit tekshiruvining so'nggi kuni sanasi qo'yiladi. Ammo xulosa shu kunning o'zida berilmaydi. Auditorlik xulosasi auditorlik firmasi zimmasiga katta javobgarlikni qo'yishi sabab, xulosa berilishidan oldin firma partnyori barcha ishchi qog'ozlar bilan tanishib chiqishi va faqat shundan so'nggina qanday turdagi auditorlik xulosasi berilishi mumkinligini hal qilishi lozim. Auditda rejalashtlrsh audit tekshiruvining maqsadni aniq belgilab olish va shu maqsadga olib bonivchi yo‘llami ishlab chiqishdir. Rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan audit tekshiruvining vaqti, hajmi va tekshiruv ketma-ketligi belgilanadi. Audit rejalashtirish jarayonida mijoz korxona rahbar va xodimlari bilan suhbat, awalgi auditor bilan muloqot, tahliliy amahyotlar muhim ahamiyatga ega.
Audit tekshiruvini samarali rejalashtirish uchun auditor tomonidan mijozning ishlab chiqarish nuqtalari va idoralariga tashrif buyurilishi ham zaruriy amaliyot hisoblanadi. Hozirda respublikamizda audit xizmati haqini baholashning akkord to‘lov; vaqtbay to'lov; ishbay to'lov; natijalar bo'yicha to'lov; aralash to'lov uslullari qo'llanilmoqda. Muhimlik mohyaviy hisobotdagi xatoning ushbu hisobotdan malakali foydalanuvchi unga asosan to'g'ri xulosalar chiqarishi va to'g'ri qarorlar qabul qilishiga monelik qiladigan chegaradir. Muhimlikni belgilashda xatolikning mutlaq (absolyut) kattaligi; xatolikning nisbiy kattaligi; mohyaviy hisobot elementining mohiyati; kumulyativ (yig'ihb boruvchi) ta’sir omihari ham e’tiborga olinadi. Audit riski auditor tomonidan, muhim xatoliklarga ega bo'lgan moliyaviy hisobotlar yuzasidan, bilmagan holda noto'g'ri (teskari) xulosa berilishi riskidir. Xalqaro amaliyot da audit riskini baholashning ikki usuli mavjud: intuitiv; hisoblash.
Audit rejasi mijoz faoliyat tarmog'i va audit strategiyasi yuzasidan auditorning umumiy ma’lumotidir. Audit dasturi audit rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan auditorlik amallar mazmunining batafsil ro'yxatini o'z ichiga oladi.



Download 75,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish