5.6. Auditorlik tanlash Tanlash – bu statistik usul bo’lib, ma’lum bir interval, belgi va tasodifiy xarakterlar jamlanmasi asosida ma’lumotlarni tanlab olishdan iborat.
Amaliyotlarni tekshirish uchun auditorlik tanlash – auditorlik amallari ichki auditor ixtiyoridagi elementlarning deyarli barchasiga nisbatan qo’llaniladigan balansni yoki tashkilotning operatsiyalari sinfini tekshirish usulidir.
Amalda boshlang’ich majmuining katta hajmda bo’lgan holatda auditor tekshirilayotgan to’plamning faqatgina 5-10%ini tekshirish mumkin va shuning o’zida u bu to’plamda xatolarning paydo bo’lish takroriyligi yoxud (muhimroq bo’lgan) – xatolar summasining kutilayotgan oshishi haqida ochiq tushunchaga ega bo’ladi.
Auditorlik tanlash tashqi auditda doimiy ravishda qo’llaniladi, chunki tekshiriladigan ma’lumot hajmi juda katta va u qisqa muddatlarda bajarilishi kerak bo’lganligidadir. Auditorlik tanlash usullari korxonada mahsulot sifati tasodifiy tanlash nazorati bilan ko’pgina o’xshash tomonlari mavjud.
Tanlashning ichki auditda qo’llanilishi faqatgina mazkur holat tekshiruvning maqsad va vazifalariga mos kelgan holdagina asosga ega bo’ladi.
Auditorlik amallarini ishlab chiqishda auditor tekshiruvdan o’tkazish uchun elementlarni tanlashning tegishli usullarini belgilab olishi zarur. Auditor quyidagi imkoniyatlarga ega:
Barcha elementlarni tanlab olishi (yoppasiga tekshiruv);
Ayrim elementlarni tanlab olishi (auditorlik tanlashni shakllantirish).
Auditor buxgalteriya hisobida hisobvaraq bo’yicha aylanmalarni yoki bir turdagi operatsiyalar guruhini tashkil qiluvchi elementlarning umumiy majmuini tadqiq qilish maqsadga muvofiq degan qarorga kelishi mumkin.
Auditor umumiy to’plamdan spetsifik (aniq) elementlarni tanlab olishi mumkin. Tanlab olinadigan spetsifik moddalar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
Yuqori qiymatga ega elementlar yoki boshqachasiga aytganda tanlashning muhim elementlari. Auditor umumiy to’plamning ma’lum bir elementlarini ularning qandaydir xususiyatga ega ekanligi yoki katta ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda tekshirish uchun tanlab olishi mumkin, masalan, shubhali, g’ayrioddiy, ilgari xatolar bilan bog’liq bo’lgan yoki keng o’lchamda riskka moyil elementlar.
Ma’lum bir kattalikdan ortib ketadigan elementlar. Auditor qiymati ma’lum bir kattalikdan oshib ketadigan elementlarni bir turdagi operatsiyalar guruhi yoki buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar bo’yicha umumiy aylanmalar summalarini tekshirish maqsadida tanlab olishi mumkin;
Ma’lumot olish uchun elementlar. Auditor ma’lum bir elementlarni tekshiriluvchi shaxs faoliyatining o’ziga xos jihatlari, xo’jalik operatsiyalari xarakteri, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining ayrim xususiyatlari bo’yicha ma’lumot olish maqsadida tekshirishi mumkin;
Tadbirlarni tekshirish uchun elementlar. Auditor ayrim elementlarni tanlash va tekshirishda, tekshirilayotgan shaxs tomonidan aniq bir tadbir amalga oshirilayotganini aniqlashtirish maqsadida, o’z fikrlariga tayanishi mumkin.
Auditor bir turdagi operatsiyalar guruhi yoki buxgalteriya hisobida hisobvaraq bo’yicha aylanmalar doirasida oraliq tekshiruvni o’tkazishga qaror qilishi mumkin. Oraliq tekshiruv statistik va nostatitik yondoshuvdan foydalanish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Oraliq tekshiruvga statistik yondoshuv (statistik tanlash) – quyidagi xususiyatlarga ega tanlanmaga istalgan yondoshuvni qo’llashni nazarda tutadi:
Tasodifiy (yoki boshlang’ich nuqta tasodifiy belgilangan holda tizimli) tekshirilayotgan to’plamni tanlash;
Tanlash natijalarini baholashda ehtimollar nazariyasini, auditorlik tanlashdan foydalanishning riskini baholashni o’z ichiga olgan holda, qo’llash.
Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlardan istalgan biriga mos kelmaydigan tanlashga yondoshuv nostatistik hisoblanadi (nostatistik tanlash).
Auditni o’tkazishda qaysidir usulni tanlash buxgalteriya hisobini yuritishning to’g’riligi, ichki nazorat tizimining holati hamda ichki auditorlik tekshiruvi oldiga qo’yilgan vazifalarga bog’liq.