8-chizma. Komponent bo’yicha muhimlikni belgilashda yondashuvlar
Konservativ yondashuv bo’yicha guruhlar bo’yicha umumiy muhimlik darajasi 5 mln. so’m 5 ta komponentga oddiy arifmetik taqsimlash yo’li bilan taqsimlanadi. Bizning misolimizga muvofiq sho’’ba korxonalar hajm jihatdan teng bo’lganligi munosabati bilan ularning xar biriga muhimlik darajasini 1 mln. so’m qilib belgilaymiz. Agar biz o’rganayotgan komponentlar hajm jihatdan xar xil bo’lganda ham guruh uchun umumiy muhimlik darajasi 5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lar edi, ammo uni komponentlarga taqsimlash har bir komponentning salmog’iga mutanosib ravishda taqsimlanar edi.
Komponentlar bo’yicha muhimlik darajasini 5 mln. so’m miqdorida belgilanishi (ya’ni guruhlar uchun umumiy muhimlik darajasiga teng miqdorda, belgilanishi), xatoliklarni aniqlanmaslik riskini oshishiga olib keladi.
600-sonli AXS asosan filiallar bo’yicha muhimlik darajasi belgilangan ikkita qiymat oralig’ida belgilash tavsiya sifatida keltirilgan, unda filiallar, sho’’ba korxonalar va bo’linmalar uchun muhimlik darajasi qanday aniqlanishi bo’yicha aniq qo’llanma(yo’llanma) mavjud emas.
Bunday holatlarda ko’pgina kompaniyalar tomonidan “eng yaxshi amaliyot”dan foydalaniladi. “Eng yaxshi amaliyot(Best practice)” – mohiyati shundan iboratki, har qanday faoliyatda maqsadga erishishning optimal yo’llari mavjuddir. “Eng yaxshi amaliyot” g’oyasi Fredrik Teylor tomnidan 1914 yilda shakllantirilib: “xar qanday holatlarda foydalaniladigan turli tuman metodlar ichida bir metod qolganlaridan tez va samarali ishlaydi”-deb ta’kidlagan.
“Eng yaxshi amaliyot”ga muvofiq “komponentlar bo’yicha maksimal umumy muhimlik” (KMUM) (Maximum Aggregate Component Materiality) metodidan amaliyotda AQShdagi yirik tashkilotlar keng foydalaniladilar. MHXS, BHUS (Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan standartlari (GAAP, AQSh)), AUS (Auditning umumqabul qilingan standartlari (GAAS, AQSh)), AXS, yoki AJHNK (Aktsiyadorlik jamiyatlarining hisobotlari ustidan nazorat Kengashi(PCAOB, AQSh)) standartlarida bu metod xaqida rasmiy ma’lumotlar aks etmagan. Yuqorida sanab o’tilgan standartlarning hech birida muhimlik darajasi chegarasini qanday aniqlanishi bo’yicha aniq metodika keltirilmagan. Masalan, AQSh audit standartlari auditorlik tekshiruvi maqsadi uchun muhimlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan omillar keltirilgan.
Yuqoridakeltirilganmetodnimisolbilanko’ribchiqsak.
10-jadval keltirilgan ma’lumotdan ko’rinib turibdiki, komponent bo’yicha umumiy muhimlik multiplikatori, guruh bo’yicha umumiy muhimlik darajasiga nisbatan 1 mln. so’mdan 5 mln. so’m oralig’ida belgilanishi mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, har bir sho’’ba korxona uchun optimal muhimlik darajasini aniqlash algaritmi multiplikatori aniqlashdan boshlanadi, ya’ni barcha kompanentlar bo’yicha muhimlik darajasini guruhlar bo’yicha umumiy muhimlik darajasiga nisbati yo’li bilan aniqlanadi. Komponentlar bo’yicha muhimlik darajasini aniqlash jarayonida multipliktorni “eng yaxshi amaliyot”da keltirilgan KMUM jadvalidan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |