AUDITORLIK FAOLIYATI
Auditorlik
tekshiruvlar
|
|
Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari
|
|
|
|
Majburiy auditorlik tekshiruvi
|
|
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish;
|
|
|
|
moliyaviy hisobotni tuzish;
|
|
|
Tashabbus
tarzidagi auditorlik
tekshiruvi
|
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
|
|
|
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
|
|
|
Nazorat qiluvchi
yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan
auditorlik
tekshiruvi
|
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
|
|
auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar
|
Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Audit fanining predmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyatlar yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan foydalaniladi. Korxonaning aktivlari doimo daromadga, foyda olishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konsalting xizmatini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini asoslash, moliyaviy hisobotlarni tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradi.
Auditning o’ziga xos usullari mavjuddir. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan usullar (milliy andozalar) hamda xalqaro amaliyotda keng qo’llaniladigan usullar (xalqaro andozalar) qo’llaniladi. Maxsus adabiyotlarda auditning xalqaro amaliyotiga xos andozalari (standartlari) quyidagicha guruhlangan:
Auditning milliy andozalari iqtisodiyotimizning bozorga o’tish tamoyillari asosida tuzilgan. Auditor audit jarayonida turli usullarni mustaqil belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning maqsadi, predmeti va vazifalariga bevosita bog’liq. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalanadi. Shuni qayd qilish kerakki, auditorlar audit jarayonida qabul qilingan umumiy usullardan foydalanish bilan bir vaqtning o’zida ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun «tijorat siri» bo’lgan noan’anaviy usullardan ham foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, qo’llaniladigan audit usullari auditning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |