Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti
Provayder
|
Servis
|
So‘mma
|
Hisob-
varaqqa
so‘mma
|
Agentning
vositachilik
haqi
|
Tranzaksiya-
lar soni
|
UzMobile
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
3 000
|
2 820
|
120
|
1
|
Bilayn
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
344 400
|
323 990
|
13 522
|
114
|
UCell
|
Hisob-varaqni to‘ldirish
|
514 905
|
484 549
|
20 058
|
218
|
Jami:
|
862 305
|
811 359
|
33 700
|
333
|
Provayder
|
Naqd so‘mma
|
Plastik
kartalar-
dan so‘mma
|
Qayd
etilgan
naqd so‘mma
|
Depozitdan
olingan
naqd so‘mma
|
Haq
|
Tranzak-
siyalar
soni
|
UzMobile
|
3 000
|
0
|
2 820
|
2 880
|
120
|
1
|
Bilayn
|
344 400
|
0
|
323 990
|
330 878
|
13 522
|
114
|
Ucell
|
514 905
|
0
|
484 549
|
494 847
|
20 058
|
218
|
Jami
|
862 305
|
0
|
811 359
|
828 605
|
33 700
|
333
|
Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
So‘mma
(so‘m)
|
hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
Debet
|
kredit
|
Bosh agent bilan shartnoma tuzish chog‘ida kafillik badali o‘tkazilgan
|
1 500 000
|
5530
4890
|
5110
5530
|
Jismoniy shaxslardan naqd pul mablag‘lari (to‘lovlar) qabul qilingan
|
862 305
|
5010
|
4890
|
Naqd pul mablag‘lari inkassatsiyalangan
|
862 305
|
5710
5531
|
5010
5710
|
Aholidan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan haq so‘mmasi aks ettirilgan
|
33 700
|
5110
4890
|
5531
9030
|
Maxsus hisobvaraqdan pul mablag‘lari bosh agentga kafillik badali sifatida o‘tkazilgan
|
828 605
|
4890
|
5531
|
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
ASOSIY ADABIYOTLAR
Karla M.Johnstone, Audrey A.Gramling, Larry E.Rittenberg. Auditing a risk-based approach to conducting a quality audit. USA, 2014 910 pages
Advanced Auditing and Assurance by Louise Kelly, March 2013
Wally Smieliauskas, Kate Bewley. Auditing: An International Approach Hardcover. McGraw-Hill Ryerson; 6 edition. 800 pages
David O'Regan. International Auditing: Practical Resource Guide 1st Edition, Wiley; 1 edition, 312 pages.
Audit /darslik/ Sh.N.Fayziev , R.D.Dusmuratov, A.A.Karimov, I.N.Kuziev, A.Z.Avlokulov -T.: IQTISOD MOLIYA 2015. 420 bet.
«Audit» o‘quv qo‘llanma (amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun) Meliyev I.I., Qo‘shmatov O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. (i.f.n., dotsent I.Qo‘ziyev tahriri ostida) – T.:IQTOSOD MOLIYA, 2015. – 212 b.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
Advanced Auditing and Professional Ethics - CA Final Paperback – 2015 by CA Surbhi Bansal (Author), Bestword Publication Pvt.Ltd; 11 edition (2015)
Rick Hayes, Philip Wallage, Hans Gortemaker. Principles of auditing. An introduction to international standards on auditing. Edingburh Gate, Harlow CM20 2JE UNITED KINGDOM. Prentice Hall; 3 edition (March 30, 2015), 736 pages
Audit: uchebnoe posobie/ V.A.Erofeeva, V.A. Piskunov, T.I. Bityukova. – 2-e izd. pererab. i dop. – M.: Izdatelstvo Yurayt, Visshee obrazovanie, 2010. -638 s.
Bichkova S., Itigalova E. Audit: uchebnoe posobie. – M.: “Magistr”, 2009 g. -463 str.
Audit bezopasnosti firmi: Teoriya i praktika. Uchebnoe posobie dlya studentov. - M.: Paradigma, 2005. - 352 str.
Auditorlik faoliyati buyicha uslubiy kullanmalar tupalami./ X.Kosimov, L.Yugay, A.Xoshimova, B.Pardaev, B.Abdunazarov.-Toshkent, 2010.-320 b.
Sbornik metodicheskix ukazaniy po auditu/ X.Kosimov, L.Yugay, A.Xoshimova, B.Pardaev, Sostavitel: B.Abdunazarov.-Tashkent, 2009.-304 s.
Gracheva M.E. Mejdunarodnie standarti audita (MSA): Uchebnoe posobie. - M.:
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz,
www.lex.uz
www.iasc.org.uk,
www.aicpa.org
14-MAVZU:ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI
14-MAVZU:ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI
Takrorlash uchun savollar
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining oldiga qanday maqsad qo’yiladi?
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud?
Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish qanday amalga oshiriladi?
Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi?
Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar to’g’riligining auditi qanday amalga oshiriladi?
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi:
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko’rsatish uchun pul to’langan:
Debet 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti -3000000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -3000000 so’m,
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -1500000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -1500000 so’m,
Oborot mablag’larini to’ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to’langan:
Debet 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schyoti -74000 so’m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -74000 so’m,
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg’a olingan
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -270000 so’m;
Kredit 5010-“Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti -270000 so’m,
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.
Masala. Auditor tomonidan uskunani montaj qilish uchun sarflangan xarajatlarni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilganligi aniqlandi. Ushbu montaj ishlari montaj qiluvchi tashkilot tomonidan bajarilgan bo’lib, ushbu montaj amaldagi asosiy vositalarni rekonstruktsiya (modernizatsiya) qilish ishlari tarkibiga kiritiladi.
Talab qilinadi:
1. Bu holatda qanday me’yoriy hujjat buzilgan? Xatoning sababini aniqlang va ushbu muomalalarni aks ettiruvchi buxgalteriya provodkalarini bering.
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.
Masala. “Adolat” kompaniyasi o’z mijozi “Bek” kompaniyasiga tovarlar uchun 10 kun ichida to’lovni amalga oshirish sharti bilan 5% li chegirmani taklif etgan. To’lovning eng uzoq muddati 30 kun. shartnomaga muvofiq xaridor kompaniyaga “Adolat” kompaniyasi tomonidan tovarlar 1 iyulda jo’natilgan. to’lovning dastlabki summasi 10000 mln. so’mni tashkil qilgan. Bunda “adolat” kompaniyasi bosh buxgalteri tomonidan quyidagi yozuvlar berilgan:
1 iyul holatiga:
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti -10000000 so’m;
Kredit 9020-“Tovarlarni sotishdan olingan daromad” schyoti -10000000 so’m,
Debet 9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi” schyoti -9000000 so’m;
Kredit 2910-“Ombordagi tovarlar” schyoti -9000000 so’m, yozuvi berilgan.
Tekshiruv natijalariga ko’ra xaridor tomonidan to’lov 9 iyulda o’tkzilgan va unga buxgalter tomonidan quyidagicha o’tkazma bergan:
Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -10000000 so’m;
Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti -10000000 so’m,
Talab etiladi
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida to’g’ri buxgalteriya provodkalarini to’g’riligini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditi jarayonida auditorlardan korxona buxgalterlari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan maslahat-tushuntirish ishlari berilishi lozimligi so’raldi:
1. Korxona transport vositasi shartnoma asosida ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchi neft mahsulotlari bilan ta’minlanganda (unga sotilganda) umumbelgilangan soliq to’lovchi va yagona soliq to’lovchi bo’lgan korxonalar uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
2. Asosiy vositalarning ta’mirlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladimi yoki asosiy vositaning qiymatigami?
3. Elektr dvigatellar korxonaning asosiy vositasi hisoblanmish mexanizmlarni harakatlantiradigan bir qismdir. Ishlab chiqarish zaruriyati bilan mashina va uskunalarning elektr dvigatel, nasos singari ehtiyot qismlarini tez-tez almashtirishga to’g’ri keladi. Bunda yangi elektr dvigatel xarid qilinib, foydalanishga berilganda u asosiy vosita sifatida buxgalteriya o’tkazmasi orqali ifodalanadimi yoki unga ehtiyot qism sifatida qaraladimi?
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |