Bog'liq Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
www.accounting.com
16-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI 16-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI
Takrorlash uchun savollar Ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?
Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ustav kapitali hisobi va hisoboti auditi qanday o’tkaziladi?
Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi lozim?
Ustav kapitalini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi?
Ustav kapitalini shakllantirshida va ta’sischilar bilan hisoblashishlarda soliqqa tortish tekshirish xususiyatlari qanday amalga oshiriladi?
Qo’shma korxonaning ustav fondi shakllantirildi. Valyutalar kursi o’zgarganda uni qayta baholash kerakmi? Agar kerak bo’lsa, ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish lozim?
Masala. Ta’sis shartnomasiga muvofiq tashkilotning ustav kapitali bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan. Ta’sischilardan biri ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish huquqini o‘tkazish yo‘li bilan 2000000 so‘m miqdorda 10 yil muddatga o‘z hissasini qo‘shdi.
Buxgalteriya hisobida hissalarni rasmiylashtirish quyidagicha aks ettirilgan.
Debet 6610-“To‘lovga dividendlar” schoti -2000000 so‘m.
Kredit 8310-“Oddiy aksiyalar” schoti -2000000 so‘m.
Ustav kapitaliga qo‘shiladigan hissasi:
Debet 0480-“Gudvill” schoti -2000000 so‘m.
Kredit 6610-“To‘lovga dividendlar” schoti -2000000 so‘m.
Shunday qilib, yangi tashkil etilgan tashkilot bu huquqni o‘zining nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritadi. 2 yildan so‘ng auditorlik tekshiruvlari davomida aniqlanadiki, ko‘rsatilgan nomoddiy aktiv ta’sischi balansi hisobida bo‘lmagan, buning oqibatida ta’sischi uni ustav kapitaliga hissa sifatida o‘tkazishga haqli emas edi. O‘tgan davr uchun ushbu nomoddiy aktivga Debet 2010 Kredit 0580 provodka orqali amortizatsiya hisoblangan. Amortizatsiya ajratmalari so‘mmasi 40000 so‘mni tashkil etdi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteriyasi tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring;
3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Aksiyadorlik jamiyati 1 mln so‘m miqdoridagi dividendlarni tayyor mahsulotlar bilan to‘lashga qaror qilgan. Tayyor mahsulotlarning tannarxi 500 ming so‘mni tashkil qilgan va bu muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan: