Ishchi hujjatlar manbalariga asoslanib dalil keltirish
Qoida buzilish-ning mohiyati
Ta’siri
Balans
Soliq solish bazasi
Soliqlar
Aktiv
Pas-siv
Ko’rsat-kich
Summa
Soliq turi
Summa
Jami:
2-jadval.
Holatlar yuzasidan yakun
Tekshirish rejasi
X Holat
Aniqlangan xatolik mohiyati
Qaysi me’yoriy hujjat buzilgan
Aniqlangan xatolik jiddiyligi
Ta’siri
Xatolarni to’g’rilash yo’llari
Moliya-viy hisobotga
Soliqqa tortiladi gan bazaga
Masala. «XXX» korxonasi qurilish mollari sotish bilan shug’ullanadi. Qurilish mollarini sotish naqd pulga va pul o’tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. 2019 yilda «XXX» korxonasining sotishdan tushgan sof tushumi 75 million so’mni, shu jumladan naqd pulga sotilgan tovarlar hajmi 1250 ming so’mni tashkil etgan. Naqd pulga sotilgan tovarlar nazorati va hisobi talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi sababli auditor zarur auditorlik amallarini qo’llab, etarli dalil to’play olmadi.
Talab qilinadi:
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Ushbu holatda auditor qanday xulosa berishi kerak?
Masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta zarar etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro’y bergan. Zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi.
Talab qilinadi: Bu hodisa kompaniyaning moliyaviy hisobotiga ta’sir ko’rsatadimi? Agar shunday bo’lsa buxgalteriya hisobida nima o’zgaradi?
Masala. Audit o’tkazish davrida keyingi yilning boshida shartnoma tuzilgan bo’lib, unga ko’ra sizning mijozingiz tovar-moddiy boyliklar sotadi va hisobot yilidagiga nisbatan 10 marta ko’proq daromad olishini aniqladingiz.
Talab qilinadi: Bu xo’jalik muomalasi tekshirilayotgan yil hisobotiga va auditor xulosasiga qanday ta’sir qiladi?
Masala. Dorman Home Builders kompaniyasi bosh buxgalteri kasalligi tufayli, tugayotgan hisobot davri uchun malakasi yuqori bo’lmagan buxgalter yordamchisi kompaniyaning buxgalteriya balansini tuzdi. Tuzilgan balansda bir qator xatoliklar mavjud. Yordamchi buxgalter qisman balans to’g’risida tushunchaga ega ekanligi va uning barcha muomalalarning natijalarini qo’shilishi, ya’ni yig’ish orqali tuzilishini bilganligi bois kompaniya balansini tuzdi. Lekin natijalar balans (tenglik)ni keltirib chiqarmadi va tenglikni keltirib chiqarish uchun u xususiy kapital summasiga korrektirovka kiritish orqali balansni chiqardi. Balans moddalari summalari to’g’ri aks ettirilgan, ammo xususiy kapital summasida xatolik mavjud.