Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,65 Mb.
bet159/267
Sana07.04.2022
Hajmi7,65 Mb.
#533883
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   267
Bog'liq
2 5314454053734847200

http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  • http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)

  • http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

  • https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  • https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  • https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  • https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)


    13-MAVZU:TA’MINOT JARAYONI AUDITI
    13-MAVZU:TA’MINOT JARAYONI AUDITI
    Takrorlash uchun savollar

    1. Yuridik shaxs o’zining xo’jalik ehtiyoji uchun ishlatish maqsadida xarid qilgan "Antivirus" dasturiy ta’minoti nomoddiy aktiv mezoniga javob bermasa (masalan, xarid narxi EKIHning 50 baravaridan kam bo’lsa), shuningdek, sotib olingan vaqtida ishlatilmasdan keyinroq ishlatilsa, u buxgalteriya hisobining qaysi schyotiga kirim qilinadi?, Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun olinadigan litsenziyalar nomoddiy aktivlar tarkibiga kiradimi?

    2. Iyunda korxonamiz balansiga Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko’ra buzish va yangi bino qurish uchun tugallanmagan qurilish majmuasi kelib tushdi. O’sha yilning iyunidayoq u butunlay buzib tashlandi. Bunda qanday buxgalteriya provodkalari qilinishi kerak?

    3. Korxonada maxsus komissiya tomonidan o’tkazilgan inventarizatsiya natijasida tovar-moddiy zaxiralar kamomadi yoki ortiqchasining mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qanday, bu masala qaysi me’yoriy hujjatda belgilangan?

    1. Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi?

    2. Asosiy vositalarni to’g’ri baholanganligini qanday tekshirib ko’rish mumkin?

    3. Asosiy vositalarni mavjudligi va saqlanishini tekshirish uchun qanday auditorlik amallari qo’llaniladi?

    4. Asosiy vositalar hisobini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib xizmat qiladi?

    5. Asosiy vositalarni kirim qilinishi qanday tekshiriladi (tekinga, jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olish, qurish, hissa qo’shish orqali va hokazo)?

    6. Transport vositalarini sotib olishni tekshirish xususiyatlari nimadan iborat?

    7. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi (tugatilishi) qanday tekshiriladi?

    8. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

    9. Asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha muomalalarni tekshirishda nimalarga e’tibor beriladi?

    10. Tekinga berilgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishini tekshirish xususiyatlari nimalardan iborat?

    11. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

    12. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?

    13. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi qanday amalga oshiriladi?

    14. Xo’jalik usuli va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining qanday xususiyatlari mavjud?

    15. MCHJ pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachidan o’zining avtomobillariga sarflash uchun yonilg’i mahsulotlarini qabul qilib oladi, ushbu avtomobillar bilan buyurtmachining tegishli sub’ektida qurilish-montaj ishlarini bajaradi. Buyurtmachidan olingan yonilg’i mahsulotlari qayta ishlashga berilgan material deb hisoblanishi mumkinmi? Uning qiymati bajarilgan ishlar hajmiga kiritiladimi hamda ushbu summaga YAST solinadimi?
    15. Korxona yagona soliq to’lovini to’laydi. Biz asosiy vositalarni boshqa tashkilotga yoki xususiy tadbirkorga tekinga berishimiz mumkinmi? Mazkur operatsiyaning soliq oqibatlari qanday? Uni hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirish lozim?

    1. Chet el kompaniyasi vaqtincha o’zining maxsus transport vositalarini olib kirdi, ular qurilish ishlari tugaganidan keyin qaytadan olib ketiladi. Ushbu kompaniyaning O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi qanday hisob yuritishi kerak? Ularni asosiy vositalar sifatida kirim qilish va ularga amortizatsiya hisoblash lozim edimi?

    2. Asosiy vositalar qaysi qiymatdan kelib chiqib qayta baholanadi va ular bo’yicha qanday buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi?

    19. Tekshirilayotgan korxona ishlab chiqarish uskunasining boshlang’ich qiymati 6 000 ming so’mni va to’plangan eskirish summasi 2 600 ming so’mni tashkil etadi. Korxona qayta baholashni indekslash usuli bilan o’tkazadi. Asosiy vositaning ushbu turi bo’yicha indeks 5,6 ga teng.
    - Asosiy vositaning tiklash qiymati qanday aniqlanadi?
    - Asosiy vositani qayta baholash bilan bog’liq operatsiyalar korxonaning buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
    20. Korxona YAST va QQS to’lovchi bo’lib, o’z xodimlariga moddiy yordam sifatida berish uchun fermer xo’jaligidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olishni rejalashtiryapti. Uni qanday qilib kirim qilish kerak? Korxona qishloq xo’jaligi mahsulotini o’z xodimlarimizga tekinga berish chog’ida QQS hisoblab yozishi kerakmi? Agar kerak bo’lsa, qanday qilib?
    20. Korxonadagi idishlar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish to’g’rimi? Idishlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha xarajatlar qanday hisobdan chiqarilishi, umuman idishlarni hisobga olishning asosiy jihatlari tushuntirib bering.
    21. Korxona O’zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligida tovar belgilarini ro’yxatdan o’tkazdi. Haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati (to’langan davlat boji summasi) 1 192 500 so’mni tashkil qildi. Mahsulotni bozorga chiqarish uchun biz tovar belgisini reklama qilish uchun xarajat qildi (futbolkalar, plakatlar, kataloglar, logotipli savdo peshtaxtalari chiqardi va hokazo). Tovar belgisini reklama qilish xarajatlarini nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritsa bo’ladimi?
    22. Korxona import kontraktini imzoladi, unga asosan tovar kelib tushdi. U Markaziy bank kursi bo’yicha bojxona deklaratsiyasini to’ldirish sanasida kirim qilingan. Korxona tomonidan milliy bankning unga xizmat ko’rsatuvchi bo’limiga konvertatsiya to’g’risida buyurtmanoma bergan, bank esa ijobiy qaror qabul qilgan. Mablag’lar birja kursi bo’yicha konvertatsiyalanganda, u Markaziy bank kursidan past ekanligi ma’lum bo’lgan. Birja kursi bilan Markaziy bank kursi o’rtasidagi ijobiy kurs farqi summasi korxonamizning daromadi hisoblanadimi? Korxona mazkur holatda qanday provodkalardan foydalanishimiz kerak, zero u etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarda aks ettirilmagan va mablag’lar konvertatsiya uchun berilganda hisobga olinmagan?
    23. Xorijdagi savdo uyi muassisi bo’lgan korxona o’zi ishlab chiqargan mahsulotni konsignatsiya shartnomasiga ko’ra uning manziliga eksport qiladi. Bojxona deklaratsiyasi eksport rejimida. Rasmiylashtiriladi. Korxona realizatsiyani qaysi sanada aks ettirishi kerak: BYUDni eksport rejimida rasmiylashtirish sanasidami yoki savdo uyi tomonidan realizatsiya qilingan sanadami (ya’ni savdo uyidan pul mablag’lari korxonaning O’zbekistondagi tranzit valyuta hisobraqamiga haqiqatda kelib tushgan sanadami)?


    Masala. QQSsiz YAST to‘lovchi o‘quv markazi chet tili kurslari uchun 10 ta audio-pleyer sotib oldi (har biri 250 ming so‘mdan). Chakana savdo korxonasi esa 300 ming so‘m turadigan pul hisoblash mashinasini xarid qildi va do‘konga o‘rnatdi. Aktivlarni hisobga qabul qilish sanasida EKIH 57 200 so‘mga teng edi.
    Ikkala tashkilot asosiy vositalarning umumbelgilangan qiymat mezoni - EKIHning 50 baravarini (EKIH 57 200 so‘m bo‘lganda - 2 860 ming so‘m) qo‘lladi. Biroq ikkala holda buxgalteriya faqat xizmat qilish muddatini e’tiborga olib, xaridlarni 0190-"Boshqa asosiy vositalar" hisobvarag‘iga kirim qilgan.
    Biroq, korxona buxgalteri keyinchalik asosiy vositalarni turkumlashda xatoga yo‘l qo‘yganligini tushunib yetib, asosiy vositalarning qiymatiga asoslangan holda pleyerlar ham, pul hisoblash mashinasi ham inventar hisoblanishi va u 1080-"Inventar va xo‘jalik jihozlari" hisobvarag‘iga kirim qilinishi lozim degan xulosaga kelgan.
    O‘z navbatida korxona buxgalteri tomonidan xatoni tuzatish uchun quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshirilgan.
    Aktivlarni asosiy vositalardan TMZ tarkibiga o‘tkazilishi:
    Debet 8510-"Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schoti;
    Kredit 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schoti.
    Foydalanishga topshirilgan subyektlar balansdan tashqarida hisobga olish bilan bir vaqtda hisobdan chiqarilishi (014-“Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik anjomlari” schoti debeti):
    Debet 9130-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schoti,
    1080-"Inventar va xo‘jalik jihozlari" schoti;
    Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schoti.
    Hisoblab yozilgan amortizatsiyani tuzatilishi:
    Debet 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schoti;
    Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schoti va hokazo.
    Talab qilinadi:
    1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
    2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
    3. Korxona buxgalteri tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlab, to‘g‘ri buxgalteriya provodkalarini bering hamda auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo‘limi uchun ma’lumot tayyorlang.
    Masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda auditor quyidagi holatni aniqladi:
    Korxonada ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo‘lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12 million so‘mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so‘m pul to‘langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 2 koeffitsiyent asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi.
    Talab qilinadi:

    1. Ushbu muomalalarni amalga oshiring va buxgalteriya schotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni ayting?

    2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

    3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

    Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 1350000 so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 1180000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 1200000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 37500 so‘m ish haqi hisoblangan, 40000 so‘m metalalom hamda 95000 so‘mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 306500 so‘m deb baholab, uni 95900 schotga hisobdan chiqargan.


    Talab qilinadi:

    1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.

    2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

    3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

    Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida tasdiqlangan dalolatnomaga muvofiq eskirish natijasida 2 dona yuk ko‘taradigan uskunalar hisobdan chiqarilgan. Ular bo‘yicha amortizatsiya so‘mmasi 140000 so‘mni tashkil etadi. Hisobdan chiqarish natijasida 3000000 so‘mlik metallom kirimga olingan. Yuk ko‘targich uskunalarini demontaj qilish uchun ishchilarga 280000 so‘m ish haqi hisoblangan va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish schotiga» o‘tkazilgan. Kirimga olingan metallom buxgalteriya hisobida 1090 schotning debeti va 9320-schotning kreditiga yozuv qilingan. Har bir yuk ko‘targich uskunasining tugatish natijalari buxgalteriyada alohida hisobga olinmagan va tegishli analitik schotlarda aks ettirilmagan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha yuk ko‘tarish uskunalarini muddatidan ilgari hisobdan chiqarilishiga asosiy sabab undan uzluksiz ravishda foydalanilganligi va yuqori namlik joyda ishlatilishi ekanligi ko‘rsatilgan.
    Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobi registrlarida yuqoridagi muomalalar quyidagicha aks ettirilgan:
    Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti,
    Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -180000 so‘m.
    Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti;
    Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -140000 so‘m.
    Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti;
    Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -403000 so‘m.
    Debet 1040-“Ehtiyot qismlar” schoti;
    Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -300000 so‘m.
    Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti;
    Kredit 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” schoti -280000 so‘m.
    Talab qilinadi:
    1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
    2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
    3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.

    Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 3 yil muddatga xorijiy valutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va subyekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:


    Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti, - 132000 so‘m.
    Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valuta” schot - 132000 so‘m.
    (Shu jumladan 120000 so‘m - kredit uchun foiz 12000 so‘m - bank xizmati).
    Talab qilinadi:
    1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
    2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
    3.Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.

    Masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so‘m, amortizatsiyasi 300000 so‘mlik obyekt yetishmasligi aniqlandi.


    Hisobot yilining dekabr oyida bu obyekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 156000 so‘m inventarizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo‘jalik muomalalari hisobot yilining 31 - dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi.
    Talab qilinadi:
    1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
    2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
    3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
    4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.


    Masala. Korxonada 2011 - yil sentabrida ishlab chiqarish uskunasini (tiklash qiymati - 14 000 ming so‘m) mukammal ta’mirlash davomida uning asosiy bloklari almashtirildi. Natijada uskunaning unumdorligi ikki baravar oshdi, xizmat qilish muddati esa 2 yilga ko‘paydi. Mukammal ta’mirlash bo‘yicha barcha xarajatlarni (3 500 ming so‘m) buxgalter ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqardi (2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" hisobvarag‘i debetiga).
    Bo‘lg‘usi iqtisodiy nafni aniqlash maqsadida korxona buxgalteri tomonidan, qilingan kapital qo‘yilmalar emas, balki joriy xarajatlar sifatida quyidagi tartibda hisobga olingan.
    Modernizatsiyalash xarajatlarini kapital qo‘yilmalarga o‘tkazish:
    Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
    Kredit 9430-“Davr xarajatlari” schoti.
    Uskuna qiymatining 3 500 ming so‘mga ko‘payishi:
    Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
    Kredit 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" schoti.
    Bundan tashqari, buxgalter tomonidan uskuna amortizatsiyasini qayta hisob-kitob qilish (u Oktabrdan boshlab ko‘paytirilgan qiymat - 15 500 ming so‘m, deb baholangan) va korxona umumbelgilangan soliqlar to‘lovchisi hisoblansada, foyda, mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari hisob-kitobi chog‘ida xarajatlar (mahsulot tannarxi) kamayishini hisobga olish va amortizatsiyani qo‘shimcha hisoblab yozilmagan.
    Talab qilinadi:
    1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
    2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
    3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
    4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
    Masala. Korxona o‘zining xodimiga kompyuterni 500 ming so‘mga sotdi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1 020 ming so‘mga, unga hisoblangan amortizatsiya 612 ming so‘mga teng. Yuqorida keltirilgan muomala korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan:


    Download 7,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   267




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish