Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,65 Mb.
bet99/267
Sana07.04.2022
Hajmi7,65 Mb.
#533883
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   267
Bog'liq
2 5314454053734847200

http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  • http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)

  • http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

  • https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  • https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  • https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  • https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)


    15-MAVZU. MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI
    15-MAVZU. MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH
    JARAYONI AUDITI


    REJA:
    1.Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari
    2.Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari
    3.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi
    4.Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish

    Tayanch so’z va iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to’lash shakllari, ishbay, vaqtbay, nafaqa, minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to’lovlar, ish haqidan soliqlar va majburiy to’lovlar, ijtimoiy to’lovlar, shartnoma to’lovlari, ishchi va xizmatchilar, ishchi va xodimlar, ta’rif setkasi.

    1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari.


    Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning natijasida mehnatga haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish tartibi va yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham o’zgarmoqda.
    Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to’lash shakli, tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o’zgardi, chunki uning tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar qo’shildi:
    - moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar, qo’shimcha va ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar;
    - qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til, bayram kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi.
    Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub’ekt faoliyatiga qo’shgan ulushi va sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog’liq bo’ladi. Ushbu daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o’rtasida tuzilgan jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi mehnatga haq to’lash shartlari aniq va ravshan ko’rsatib o’tiladi.
    Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi inflyatsiya natijasidagi aholining ko’rgan zararini va daromadini indeksatsiya qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan byudjetdan tashqari jamg’armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg’armalari, bandlik jamg’armalari va hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu jamg’armalarni tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg’armalar maxsus maqsadli ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadilar, o’zining mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va tadbirlarni o’tkazish uchun moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mehnat va unga haq to’lashni hisobga olish sub’ektning hisob tizimida va auditida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan tashkil topadi:
    a) xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) o’z vaqtida amalga oshirish;
    b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va tegishli ajratmalarni o’z vaqtida va to’g’ri qo’shish;
    s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma’lumotlarini tayyorlash uchun mehnat va unga haq to’lash bilan bog’liq ko’rsatkichlarni yig’ish va guruhlashtirish;
    d) ijtimoiy sug’urta, pensiya va badallik jamg’armalari bilan hisoblashishni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirish.
    Mehnat va unga haq to’lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlarni amalga oshirish ustidan tezkor nazorat o’rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
    Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
    -O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
    -O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
    -O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.
    -“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
    -“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
    -“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” 21-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS).
    -O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari.
    -Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54-son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan).


    2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari.


    O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo ejtishga qaratilgan keng ko’lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish bo’yicha o’z yo’lini tanladi.. Shu sababli, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.

    Download 7,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   267




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish