Audio chin do‘ST



Download 0,52 Mb.
bet42/47
Sana22.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#505767
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Shundan bеri Nayman ona dafn etilgan o‘sha joy Sario‘zak muzofotida Ona Bayit qabristoni — Onayizor makoni dеb ataladi...
Oqmoya tuyasidan ko‘p nasllar qoldi. Urg‘ochilari o‘ziga tortib, oqbosh tug‘ilib, nayman eliga ma’lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo‘ron singari qoradan kеlgan, juda baquvvat bo‘ladi.Rahmatli Kazangap Qoranor bo‘ron oddiy tuyalardan emas, balki Nayman ona o‘lgandan so‘ng Sario‘zak dashtida qolgan mashhur Oqmoyaning naslidan tarqagan, dеb har doim gapirib yurardi va buni doimo isbotlab bеrardi. Mana, endi uning jasadini Ona Bayit qabristoniga olib borishyapti...

0401060409



  1. SINF

ADABIYOT IV CHORAK 61-DARS
MAVZU: TOG‘AY MUROD HAYOTI VA IJODI. “YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASI


— Odamlar-u odamlar, togʻda bitgan bodomlar, eshitmadim demanglar! Bugun ha-a-amma Zulfiqor polvonnikiga sunnat toʻyiga, he-e-e-ey! Chu, jonivor!
Egar qoshiga toʻn solib olmish jarchi guzarma-guzar ot oʻynatdi. Xoʻjasoat qishlogʻi ahlini toʻyga chorladi.
Xiyol oʻtmadi. Toʻy bekasi otda eshikma-eshik yurdi. Xonadonlarni alohida-alohida aytdi.
Xonadon bekalari:
— Quruq ketmang, — deya egar qoshiga toʻn ildi. Toʻy bekasi yuziga fotiha tortdi.
— Iloyim, sizlarnida toʻyga yetkazsin, — deya tilak tiladi.
Keyin, Zulfiqor polvon ot mindi.
El-yurtni oʻz nomidan aytdi.
El-yurt koʻngli nozik-da.
Toʻy bekasi aytgan boshqa, toʻy xoʻjasi aytgan boshqa.

II
Tush vaqti ayollar boʻgʻirsoq, qatlama, shirguruch koʻtarib toʻyladi. Erkaklar qoʻy, tana yetaklab toʻyladi.


Tom ustida yonboshlab olmish Nabi oqsoqol toʻyxonadagi voqealardan koʻz-quloq boʻldi, tegishli yoʻl-yoʻriqlar berdi.
Ayniqsa, kelajak mehmonlarni e’tibordan chetda qoldirmadi. Mehmonlar koʻcha boshida qora berishi bilanoq, Nabi oqsoqol ovoz berdi:
— Kelinglar, mehmonlar, kela beringlar! — dedi. — Mingoy baycha[1], ayollarga peshvoz chiqib, qoʻllaridan dasturxonni oling! Qarang, Zulfiqor polvonning oshnasi Turdiboy echki yetaklab kelyapti! Anavi qoʻy yetaklab kelayotgan kuyovi Qurbonmikin? Ha, shuyakan! Ashurboy, qoʻylarni ushlab, ogʻilxonaga qamang!
Toʻyxonada oʻynab yurmish bolalar eshik oldiga chopib keldi.
Toʻylovchi ayollar sochqilar sochdi: yongʻoq, pista, mayiz...
Bolalar qoʻllarini choʻzib-choʻzib sapchidi. Sochqilarni ilib-ilib oldi. Yerga tushganlarini talashib-tortishib qoʻynilariga soldi.
Ikkita bola yumalab borayotgan yongʻoqni quvib ketdi.
Bolalar toʻda-toʻda boʻlib, yongʻoq, oshiq, shumshak, quloqchoʻzma oʻynadi. Doʻl, gʻirboydi, chillak, zuvillatar oʻynadi...

III
Xolboy surnaychi ikkita doirachi bilan mumtoz musiqalar tarona etdi.


Toʻyxonada olti doshqozon qator osildi.
Xizmatkorlar qur boʻlib oʻtirib sabzi toʻgʻradi.
Doshoʻchoqlardan samoga qop-qora tutun oʻrladi.
Doshqozonlardan zigʻir moyga qovurilayotgan goʻsht hidi keddi.
Bir otliq taqimiga boshsiz uloq bosib toʻyxonadan chiqdi.
— Odamlar, Oqjarda koʻpkari boʻladi! — dedi Nabi oqsoqol. — Ana, uloqni olib ketdi! Xohlaganlar borsin! Eslaringda boʻlsin, kechasi olish boʻladi, ertaga yana koʻpkari! Piyoda koʻpkarisida bor! Ertaga piyoda poygayam boʻladi, ha!
Erkaklar koʻpkaridan kunbotarda keldi. Qur boʻlib-qur boʻlib oʻtirdi.
Toboq-toboq palov suzildi.
Uchovora bir toboq boʻldi.

IV
Xuftonda ayollar davra qurib gulxan yoqdi.


Davrada chirsillab yonayotgan shuvoqdan buralib-buralib olov oʻrladi. Shuvoq hidi dimogʻlarni qitiqladi.
Bolalar davra tevaragida quvalashib oʻynadi.
Besh-olti bola jam boʻldi. Bir uy ichida yerni aylana qilib chizdi. Aylanani gir deb atadi.
Bolalar bir sonni belgilab oldi. Birovi bolalarni uch aylantirib sanadi. Moʻljaldagi songa tushmish bola girda qoldi.
U gir ichida engashdi. Koʻzlarini qoʻllari bilan yashirib turdi.
Bolalar har tarafga sochilib yashirindi.
Girda qolgani ularni izladi. Girdanda ogoh boʻldi.
Kimda-kim uning koʻzini shamgʻalat qilib, epchillik bilan girga chopib kirsa, shu gʻolib sanaladi.
U ayollar orasida bir bola moʻralab turganini sezib qoldi. Shu bolani davra aylantirib quvdi.
Bola girga qarab qochib, qoʻlga tushdi.
Bu orada boshqa bolalar girga toʻplandi.
Endi qoʻlga tushgan bola girda qoldi. Bolalarni izladi.
Bu, yashinmachoq oʻyini boʻldi.

0401080410 8-SINF



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish