Audenfikatsiya va identifikatsiya



Download 0,75 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#789289
Bog'liq
AUDENFIKATSIYA VA IDENTIFIKATSIYA

AUDENFIKATSIYA VA IDENTIFIKATSIYA

Bajardi:YULDOSHEV ELMUROD


Komp’yuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir sub’ekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq. Bu ushbu sub’ektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot sub’ekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Komp’yuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi komp’yuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Autentifikatsiya (Authentication) – ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon beradi.
Autentifikatsiya o‘tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi. Identifikatsiya va autentifikatsiya sub’ektlarning (foydalanuvchi-larning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o‘zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Sub’ektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.
Avtorizatsiya (Authorization) – subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya sub’ekt harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog‘langan.
Ma’murlash (Accounting) – foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtai nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir. Autentifikatsiya protokollarini taqqoslashda va tanlashda quyidagi xarakteristikalarni hisobga olish zarur:
  • o‘zaro autentifikatsiyaning mavjudligi. Ushbu xususiyat autentifikatsion almashinuv taraflari o‘rtasida ikkiyoqlama autentifikatsiyaning zarurligini aks ettiradi;
  • hisoblash samaradorligi. Protokolni bajarishda zarur bo‘lgan amallar soni;
  • kommunikatsion samaradorlik. Ushbu xususiyat autentifikatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan xabar soni va uzunligini aks ettiradi;
  • uchinchi tarafning mavjudligi. Uchinchi tarafga misol tariqasida simmetrik kalitlarni taqsimlovchi ishonchli serverni yoki ochiq kalitlarni taqsimlash uchun sertifikatlar daraxtini amalga oshiruvchi serverni ko‘rsatish mumkin;
  • xavfsizlik kafolati asosi. Misol sifatida nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo‘lgan protokollarni ko‘rsatish mumkin;
  • sirni saqlash. Jiddiy kalitli axborotni saqlash usuli ko‘zda tutiladi.

Identifikatsiyalashning yagona tizimi — har xil hukumat agentliklariga va fuqarolik vebsaytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkount bilan taʼminlaydi. Foydalanuvchilar turli xil veb saytlar uchun turli xil akkountlar yaratishiga toʻgri kelmaydi va ular oʻzlarining elektron raqamli imzo orqali YIT ga javobgar idoralarga tashrif buyurmasdan roʻyhatga kirishlari mumkin. Foydalanuvchi YIT ga kirgandan soʻng, u YITga bogʻlangan veb saytlarga qaytadan kirishiga oʻrin qolmaydi.
Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlariga E-hukumat tizimlari bilan Yagona Identifikatsiya Tizimi integratsiya boʻlgani sababli, barcha tegishli resurslarga kirish uchun bir akkaunt bilan foydalanish imkonini beradi. Yagona Identifikatsiya Tizimi akkaunti yordamida barcha xizmatlar bilan foydalanishingiz mumkin. Xavfsizlik va asillik Foydalanuvchi Yagona Identifikatsiya Tizimida shaxsiy maʼlumotlari haqiqiyligini tasdiqlash uchun Elektron Raqamli Imzo taqdim etishi kerak. Bu esa internetdagi foydalanuvchining haqiqiy odamligini taʼminlaydi. Bu eng ilgʻor onlayn davlat hizmatlarini taqdim etishni taminlaydi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy bazasi bilan integratsiya orqali, barcha shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirish uchun hech qanday ehtiyoj yoʻq — sana axborot avtomatik ravishda oʻz vaqtida yuklanadi va yangilanadi
(Masalan, ism yoki yashash manzili oʻzgarishi) Boshqa saytlar bilan integratsiya Agar siz veb-sayt egasi boʻlsangiz va foydalanuchni identifikatsiya qilmoqchi boʻlsangiz, har qanday xizmatlar (bank xizmatlari, elektron tijorat va boshqalar) bilan taʼminlash uchun — Yagona Identifikatsiya Tizimi qonuniy va qulay yoʻl. Yagona Identifikatsiya Tizimi qonun bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 dekabr 2015 yil 365 sonli tasdiqlangan foydalanuvchilarni aniqlash Yagona Identifikatsiya Tizimi elektron hukumat haqidagi nizomga muvofiq, Yagona Identifikatsiya Tizimi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqiy deb qabul qilish lozim. Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish Agar siz tashkilot (kompaniya) rahbari boʻlib jismoniy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, oʻz kabinetingizda tashkilot qoʻshishingiz mumkin. Buning uchun, siz Yagona Identifikatsiya Tizimi shaxsiy kabinetingizda, tashkilot rahbari nomidan olingan Elektron Raqamli Imzo taqdim etishingiz kerak. Yuridik shaxs qoʻshib siz tashkilot nomidan davlat xizmatlarini foydalanish uchun boshqa foydalanuvchilarga (sizning xodimlaringiz) oʻz vakolatlaringizni topshirish mumkin boʻladi.
Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish