“ATTUHFATUZ ZAKIYATU FILLUG‘ATIT TURKIYA” ASARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asarini kim yozganligini bilmaymiz. Asar Misrda yaratilgan deya chamalanadi. Uning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Qo‘lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda (o‘zbekcha nashriga qarang: AZFT).
Kitob “qipchoq tili” grammatikasiga bag‘ishlangan. Bu to‘g‘rida: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim”, - deb yozadi uning muallifi kirish bo‘limida (AZFT,8).
Asar uch bo‘limdan iborat: kirish, arabcha-turkiy so‘zlik, grammatik qoidalar bo‘limi. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etiladi. So‘ng turkiy alifbo va imlo qoidalari xususida ma’lumot beriladi.
Kirishda arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi. Muallif yozadi: “Bilgilki, turk tilida shakl yo‘q. Shakl yo‘qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo‘lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha o‘rnida “alif”, kasra o‘rnida “yay”, zamma o‘rnida “vav” qo‘llay boshladilar” (AZFT,10). Bunda muallif “turk tilida shakl yo‘q”deganda turkiy yozuvda tovushlar tizimidagi “cho‘ziqlik” va “qisqalik”ni berish muhim emasligi, diakritik belgilarning turg‘un vazifasi yo‘qligini ko‘zda tutgan; “ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar” deganda esa arabiy yo forsiy matnlardan farqli o‘laroq, turkiy so‘zlarni yozishda matnda unlilarni harflarda to‘liq berish qoidasi joriy etilganini ko‘zda tutadi.
So‘zlik bo‘limida avval arabcha so‘zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi beriladi. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so‘zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Masalan, ilk hamzali so‘zlar bo‘limida arab tilida hamza bilan boshlanuvchi so‘zlar nazarda tutilgan. Bu prinsipning turkiy so‘zlikka ko‘pda ziyoni yo‘q. Sababi, hamzali so‘zlarga tegishli qolgan bo‘limlar tematik guruhga ko‘ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog‘liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o‘tgan zamon fe’llari. So‘ng harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar; keyin harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar, shu tartibda davom etib oxirida harfi bilan boshlanuvchi otlar keladi.
1-mashq. “Attuhfat” asaridagi ba’zi so‘zlarni og‘zaki shug‘ullanamiz.
abushqa –
|
bȉttȉ -
|
jaman –
|
avlavčȉ -
|
bulut –
|
joq –
|
otlaq -
|
gȁvdȁli –
|
jumurtqa –
|
otačȉ - tabib
|
jǝdȉ - yedi
|
tul – tul, beva
|
aqsaq – oqsoq
|
jamav – yamoq
|
sari - sariq
|
2-mashq. Bob (9-bet). Kitobdagi alifbo haqida ma’lumot.
4-mashq. Bo‘limlar bilan tanishuv: hamzali so‘zlar bo‘limi (11), otlar ranglari (14), yer va unga bog‘liq narsalar (15), yeyiladiganlar (16), zamon va yer zarfi (16), tomonlar, o‘tgan zamon fellari (16), b harfli otlar (23), fe’llar (28), t harfli otlar (30), o‘tgan zamon fe’lli (33), s harfi bo‘limi, otlar (36), o‘tgan zamon fe’llari (42),h harfi bo‘limi, otlar (44), o’tgan zamon fe’llari (48), d harfi bo‘limi, otlar (55), o’tgan zamon fe’llari (57), z harflilar, ot (58), o‘tgan zamon fe’llari (59) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |