Атты халықаралық ғылыми-тәжірибелік конференцияның жинағы в рамках проекта Erasmus+



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/170
Sana24.02.2022
Hajmi6,45 Mb.
#187342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170
Bog'liq
Materials of Final conference

 
 
Tibbiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish tamoyillari 
 
Akbarova M.X. , Yusupova Z.A.
Farg`ona davlat universiteti 
Annotatsia 
Mazkur maqola tibbiy ta`limda zamonaviy didaktik vositalarning o`rni, vazifalari, ulardan 
samarali foydalanishning ahamiyati, o`qitish jarayonida qo`llash qoidalari va tamoyillariga 
bag`ishlangan.
 Аннотация 
 
Данная статья посвящается занимаемому месту в медицинском образовании 
современных дидактических средств, а также правил их эффективного использования
Annotation 
This article is dedicated to the usage of didactic means in modern medical studies; their 
functions, importance of applying didactic means as the rules and principles of using them in 
teaching process.
 
 
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim 
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va 
axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati 
darajasiga ko`tarilgan. Ta’lim muassasasi o`qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar 
bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo`lishi lozim va u doimo: “Nima uchun o`qitish kerak?”, 
“Qanday o`qitish kerak?” degan savollarga javob topishi va ta’lim-tarbiya xususiyatlari e’tiborga 
olingan bilimlarga asoslangan bo`lishi lozim. Buning uchun fan o`qituvchilari ilg`or pedagogik 
texnologiyalar va interfaol usullarni bilishi kerak. 
Zamonaviy tibbiy ta’limning asosiy vazifalaridan biri ilg`or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan 
holda 
ta’lim oluvchilarda kasbiy 


49
kompetensiyalarni 
keng 
qamrovli 
rivojlanishi 
uchun 
imkoniyatlar 
yaratish 
va 
bemorga ziyon tegmagan holda mustahkam amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdir. Mazkur 
ko‘nikmalarni hosil qilishda simulyasion ta’lim (mulyajlar, manekenlar va boshqalar) 
vositalaridan foydalanish katta yordam beradi. Tibbiyot kollejlarida ta’limning innovatsion 
rivojlanishi, umumiy amaliyot hamshiralarini tayyorlash shakli va usullarini takomillashtirish 
borasida katta qadamlar qo‘yildi. Bugungi kunda ta’lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi 
yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va 
texnologiyalarning qo‘llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik 
imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish o‘qituvchilar 
uchun ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi. Shu bilan birga, tibbiy kadrlarni 
tayyorlashda bir qator muammolar borligi, ularning yechimini topish bu boradagi 
kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berishda tibbiy ta`lim vositalaridan samarali foydalanish 
alohida ahamiyatga egadir. 
Hozirgi davrda Respublikamiz tibbiyot kollejlarida o‘quv-uslubiy faoliyatni amalga oshirish 
bo‘yicha ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda, ya’ni o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar, 
darsliklar, ma’ruza matnlari ishlab chiqilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislarni 
tayyorlash sifatini boshqarishga majmuaviy yondoshishga asos bo‘ladi. Pedagoglarni didaktik 
vositalarning turlari, imkoniyatlari va ulardan tuzilgan majmualarga doir bilimlarni berish va 
didaktik vositalardan o‘quv jarayonida foydalanishga doir malakalarni shakllantirish muhim 
masalalardan biridir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 

didaktik materiallarning turlari bilan tanishib chiqish, ushbu materiallarning didaktik 
imkoniyatlarini aniqlash, ularni tayyorlash va ulardan mashg‘ulotlarda foydalanishni o‘rganish; 

didaktik materiallardan foydalanishda qo‘llaniladigan vositalarning turlari, ishlash 
tamoyili, ularning tuzilishi hamda ulardan foydalanish va ularning didaktik imkoniyatlarini 
aniqlashni o‘rganish; 

didaktik vositalardan tuzilgan majmualar bilan tanishish, ularning didaktik 
imkoniyatlarini tahlil qilish hamda mashg‘ulot uchun majmua tuzishni o‘rganish. 
Didaktik vositalar o‘quv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Chunki ular o‘quv jarayonining 
asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o‘quv jarayonida 
o‘qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. O‘quv jarayonida quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi: 
- nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o‘quv 
materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilish kabi ishlarda foydalanamiz; 
- amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir 
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, 
mashq qilish kabi ishlarda foydalanamiz; 
- nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va 
dasturlardan foydalanamiz; 
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o‘tkazishda 
ham didaktik vositalarsiz ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. O‘quv jarayonida olib 
boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan, tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, 
barcha turdagi o‘quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko‘rinishda, ovozli va 
tasviriy ko‘rinishda, hajmiy va harakatli ko‘rinishda, elektron va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi 
mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, 
ularning har biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini 
bilib olamiz.
O`qitish vositalari mamlakatda ta’limni tubdan isloq qilish tamoyillari, fan-texnika, ishlab 
chiqarish rivojlangan sari ularning turlari ham ko`payib bormoqda. Demak, ta’lim muassasalarida 
o`qitish vositalarining turlari ham muayyan darajada o`zgarib, yangilanib boradi, yangi avlod 
o`qitish vositalari vujudga keladi. O`qitish vositalarining yangi avlod guruhiga: kompyuter 
texnologiyasining ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, slaydlar, 


50
multimedialarni kiritish mumkin. 
O`qituvchining asosiy vazifasi o`rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda eng 
yuqori samara beradigan o`qitish vositalarini tanlashi, buning uchun o`qitish vositalarining yangi 
avlodining turlari, ular bilan ishlash metodikasini egallagan bo`lishi darkor. 
Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam o`rnashib qolishini 
xoxlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar ko`prog`ini: ko`zi, qulog`i, tovush 
organi, muskul sezgi va hatto iloji bo`lsa hidlash va ta’m bilishi organlarini esda tutib qolish 
jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak degan edi. 
Didaktik tamoyillar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkil qilinishiga 
tegishlidir. Didaktik tamoyillar o`qitish va o`qish jarayonida qoidalar sifatida qo`llanish uchun 
ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir - biridan aniq ajratib bo`lmaydi. Quyidagi tamoyillar 
qandaydir tushunchalar emas, balki o`qitish va o`qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo`yicha 
qoidalar bo`lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan. 

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish