32. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Ona tili ravnaqi uchun hech nimani ayamang chunki, til yo‘q bo‘lsa, millat ham yo‘q bo‘lib ketadi.
B) Yoshlar yurtimizni dunyoga tanitmoqda, uning obro‘siga obro‘, shuhratiga shuhrat qo‘shmoqda.
C) Eng muhimi, mustaqillik tufayli odamlarning dunyoqarashi va tafakkuri, ma’naviy qiyofasi o‘zgardi.
D) Ona tilida fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling.
33. Yo‘q chamamda onalarning biz tushunmaydigan bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi. Ushbu gapda necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan?
A) 2 B) 1 C) 4 D)3
Do'stlaringiz bilan baham: |