O‘z yog‘iga qovurilmoq
iborasi nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi.
Ushbu ma’lumot...
+A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
23.
Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Sh. Rustaveli shunday degan edi: “Ulug‘ yo‘l kutayotgan bo‘lsa sustkashlik
jinoyatdir”.
ATTESTATSIYA TESTLARI
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
B) “Baxtli bo‘lmoq uchun baxtli bo‘lish mumkinligiga ishonmoq kerak” – deb yozgan edi
L. N. Tolstoy.
+C) Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Inson hayvondan aql bilan farq qiladi”.
D) “Vaqt aqliy mehnat kishisining sarmoyasi”, - degan edi fransuz yozuvchisi O.
Balzak.
24.
Zulfin toblab o‘rgan qizlar,
Elda davron surgan qizlar,
Kaptarday bo‘b yurgan qizlar,
Qalpoq sotib turgan qizlar,
Juringlar, Chambil ketamiz,
Turinglar, Chambil ketamiz!
Ushbu parcha qaysi xalq dostoni qahramoni nutqidan olingan?
A) “Rustamxon”
B) “Kuntug‘mish”
C) “Alpomish”
+D) “Ravshan”
25.
Bu asar ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan didaktik asar bo‘lib, u
hozircha bizga yetib kelgan ilk turkey dostondir. Unda shaxs tarbiyasi, uning
jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari va boshqalar badiiy bo‘yoq va timsollarga
burkangan holda tasvirlanadi.
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) “Devoni hikmat”
+B) “Qutadg‘u bilig”
C) “Zarbulmasal”
D) “Qisasi Rabg‘uziy”
26.
Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» majmuasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu majmuaning uchinchi devoniga jami 100 ta g‘azal kiritilgan.
B) Ushbu majmuaning birinchi devoni «Navodir ush-shabob» deb nomlanadi.
C) Ushbu majmua shoirning Husayn Boyqaro iltimosi bilan tuzilgan ilk she’riy
devonidir.
+D) Ushbu majmua «Chor devon» nomi bilan ham mashhur.
27.
Ahbob, yigitlikni g‘animat tutingiz,
O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz,
Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz,
Har nav ila o‘zni necha kun ovutunguz
.
Yigitlik davrini g‘animat bilish, qarilik mashaqqatlari haqida o‘ylab, kuch-quvvatga
to‘la davrning qadriga yetish, adovat va hasad qilishning bahridan o‘tish nasihat
qilingan, ya;ni o‘git tarzida bitilgan ruboiy qaysi shoir qalamiga mansub?
A) Boborahim Mashrab
B) Zahriddin Muhammad Bobur
+C) Alisher Navoiy
D) Lutfiy
28.
Qaysi ma’lumot Zavqiy haqida emas?
A) Ijodkor tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai
Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan.
B) Ijodkor 46 kishini hajv qilib yozilgan she’rini Qo‘qondagi doimo gavjum Mo‘ymarak
Do'stlaringiz bilan baham: |