Attestatsiya savollari navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan hiyobonlarni oralab, tabiat



Download 278,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.07.2022
Hajmi278,41 Kb.
#743028
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1.04.2022



ATTESTATSIYA SAVOLLARI
1. 
Navoiy kuzning so‘lg‘in nafosati bilan nafas olgan 
hiyobonlarni oralab, tabiat
va hayotdagi o‘zgarishlar ustida 
fikir qilib, kechinmalar, xislarga to‘lib
yurarkan, navkar kelib, 
safar uchun otni tayorlab qo‘yganini bildirdi
.
Ushbu gapda nechta so‘z imlosida xatolik bor? 
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 
2. 
Men musavvirlikning sirlarini o‘rganishga va o ‘zlashtirishga 
astoydil bel bog‘ladim,
chunki menda unga havas uyg‘ongan

Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida nechta tobe 
bog‘lanish mavjud? 
A) 7 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 8 ta 
3. Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan 
bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang. 
A) Ko‘klamning sayroqi qushlari sho‘x-sho‘x kuylamoqdalar, 
ko‘m-ko‘k maysalar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar. 
B) Bilim ado bo‘lmas boylikdir, shuning uchun yoshlik 
chog‘ingdan bilim olish payida bo‘l. 
C) Dunyoning ishlari ko‘p qiziq ekan: quvonch va qayg‘u 
hamisha yonma-yon yuradi. 
D) Mashina katta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, haydovchi 
hushyorlik qilib to‘xtatdi. 
4. Fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang. 
A) daryo sari yurmoq, bahor kunlari 
B) yonma-yon yurmoq, hosildor ekin 
C) qo‘shiq kuylamoq, behad sevinmoq 
D) do‘stlarcha suhbatlashmoq, holdan toymoq 
5. Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? 
A) Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 
B) Do‘stim, tamagirlik har qanday insonni qabohat sari 
yetaklaydi. 
C) Bugungi faravon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak. 
D) Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 
6. Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan 
qo‘shma gapni aniqlang. 
A) Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi. 
B) Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi. 
C) Nodira kelsa, uyda hech kim yo‘q edi. 
D) Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi. 
7. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til 
undoshlari sanalgan so‘z ikki o‘rinda qatnashgan? 
A) Ittifoq bitar, Noittifoq yitar. 
B) Ko‘p to‘kilsa, ko‘p bo‘lar, 
Ko‘p biriksa, el bo‘lar. 
C) O‘zing osmonda bo‘lsang ham, oyog‘ing yerda bo‘lsin. 
D) O‘qish jafoli, keti vafoli. 
8. 
May – bahor qizining
O‘n sakkiz yoshi,
Uning ajib noz-u
Adolari bor

Ushbu parchada qatnashgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni 
toping. 
A) Ushbu parchada son turkumiga mansub so‘z bilan 
shakldoshlik hosil qila oluvchi ot ishtirok etgan. 
B) Ushbu parchada ot turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik 
hosil qila oluvchi sifat ishtirok etgan. 
C) Ushbu parchada son va fe’l turkumi doirasida shakldoshlik 
hosil qiluvchi so‘z ishtirok etgan. 
D) Ushbu parchada ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik 
hosil qiluvchi so‘z ishtirok etgan. 
9. Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan 
bog‘liq xatolik bor? 
A) Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va 
sambitgul novdasidek adl edi. 
B) Bu yerlarga kelgusi yil poliz ekinlari ekiladi. 
C) Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchi 
sanaladi. 
D) Nomussiz yashamoqdan nomusli o‘lmoq afzal sanaladi. 
10.Qaysi gapda tinsih belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud? 
A) A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz. 
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va 
boshqalar unga jo‘r bo‘ldi. 
C) Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi. 
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. 
11.Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida 
kelgan? 
A) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz? 
B) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. 
C) Yillar o‘tib, balki, bizni unutib yuborishar. 
D) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunday degandir. 
12.
Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur 
o‘ychan ohangda. – Ne-ne
go‘zal maskanlarni zabt etmadim. 
Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat
ko‘rmadim

Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik 
ma’nolar o‘zaro bir xil emas? 
1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor. 
A) 2, 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 3, 5 D) 4, 5 
13.
U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi

Ushbu gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. Ushbu ma’lumot... 
A) To‘g‘ri B) Noto‘g‘ri 
14.Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi 
yoziladi? 
A) tob…ra, mutl…q, muhok…ma 
B) muloq…t, mab…do, muz…kara 
C) mutl…q, munos…bat, far…von 
D) taq…zo, muom…la, taassur…t 
15.Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli 
orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? 
A) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. 
B) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar 
xursand bo‘ladi. 
C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga 
otlandik. 
D) Har shanba “Muqimiy”da “Advokatlik osonmi?” dramasi 
qo‘yilayotgan ekan. 
16.

Download 278,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish