Oksidlanish reaksiyasi.
Asetilen va alkinlar oson oksidlanadi. Asetilen kaliy permanganat eritmasini rangsizlantiradi.
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida asetilendagi uchbog’ning qisman yoki to’liq oksidlanishi sodir bo’ladi :
Asetilen kislorodda ravshan yorug’ alanga hosil qilib yonadi.
Qadimda asetilendan yorug’lik manbalari sifatida foydalanilgan.
Asetilen havoda dudli alanga berib yonadi. Uning havo yoki kislorod aralashmasi portlaydi. Asetilen zarb ta’sirida ham portlashi mumkin, shuning uchun uni aseton eritmasi holida g’ovak materiallarga shimdirib balonlarda saqlanadi va tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |