Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi Reja



Download 5,61 Mb.
bet44/76
Sana09.07.2022
Hajmi5,61 Mb.
#763501
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Bog'liq
Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi.

Shahar Ethernet tarmoqlari

Odatda, yangi qurilishni talab qiluvchi yana bir keng polosali kirish texnologiyasi – Ethernet shahar tarmoqlari yoki MAN. Ethernet texnologiyasidan keng polosali kirish texnologiyalaridan birida foydalanish – uning lokal tarmoqlarni (LAN) boshqa raqobat echimlardan afzalligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy baholashlar shuni ko‘rsatadiki, 90% dan ortiq NGN trafigi hozirgi vaqtda Ethernet trafigiga to‘g‘ri keladi. Natijada, individual foydalanuvchilarni NGN tarmoqlariga ulashda (HPNA, VDSL, ADSL va boshqa texnologiyalar) Ethernet eng keng tarqalgan interfeys bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Ethernet texnologiyasini shahar chegarasigacha kengaytirish g‘oyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu g‘oya realizatsiya qilishda osondir, chunki zamonaviy transport tarmoqlari Ethernet trafigini samarali qabul qiladi va ixtiyoriy o‘tkazuvchanlikka ega virtual “yo‘lak” larni yaratish imkonini beradi.


Ethernet texnologiyasidan kirish texnologiyasi sifatida foydalanish hozirgi vaqtda lokal tarmoqlarni yashash joylarida o‘rnatish bilan bog‘liq. Aksariyat holatlarda barcha narsa shiddatli tarzda ro‘y bergan. Initsiativ guruhni shahar tarmog‘iga ulash vazifasi qo‘yilgan edi. So‘ngra bir necha uylar yagona tarmoqqa birlashtirilib, kirish tarmoqlari shakllantirilgan. Natijada, ko‘plab uy tarmoqlari etarlicha budjetga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlariga aylandi, uy tarmoqlarini rivojlantirish biznes modeli esa kam sarmoyalar bilan “NGN da biznesni qanday qilib qurish” namunasiga aylandi. Bunday model aloqa sohasi uchun an’anaviy investitsion modeliga qarama-qarshidir, ammo NGN ning demokratikligi biznesni bunday usulda yuritish imkonini beradi. Odatda, Ethernet uy tarmoqlari 1.4.3-bo‘limda zamonaviy tarmoqlar paradigmasining o‘zgarishi misoli sifatida ko‘rib chiqilgan klaster tarmoqlar texnologiyalari asosida quriladi. Bundan tashqari, Ethernet kirish tarmoqlari yangi texnologiyalarni rivojlantirish maydoni sifatida ko‘rilmoqda.
Ethernet kirish tarmoqlari texnologiyalarining batafsil tavsiflarini www.nag.ru saytida topish mumkin. Ushbu sayt uy tarmoqlarning rivojlanish atmosferasini aks ettiradi va Ethernet texnologiyasi sohasida ishlovchi muhandislik hamjamiyatining tan olingan forumlaridan biriga aylandi.
Ethernet kabel tarmog‘ini o‘rnatish uchun SAT3 dan SAT6 gacha kategoriyadagi “vitaya para” lar kerak bo‘ladi. Shahar va binolarning zamonaviy infrastrukturasida bunday kabellar mavjud emas, shuning uchun ularni yangidan yotqizishi kerak. Ethernet texnologiyasida umumiy hisobda (strukturalangan kabel tarmoqlari standartlariga muvofiq ravishda) uch turdagi kabel tizimlari mavjud:

  1. binolar o‘rtasidagi taqsimlagichlarni ulash uchun magistral kabel tizimlari;

  2. bino qavatlari taqsimlagichlarini butun bino taqsimlagichi bilan ulash uchun magistral (vertikal) tizim;

  3. gorizontal kabel tizimi – foydalanuvchi rozetkasidan bino qavati taqsimlagichigacha bo‘lgan kabellar.

Ushbu kirish tarmog‘i uchun gorizontal kabel tizimi umumiy ko‘rinishda ahamiyat kasb etmaydi, chunki bir qavatda 2-3 tadan ortiq foydalanuvchilar kamdan-kam holatlarda mavjud bo‘ladi. Gorizontal kabel tizimi vazifasini pod’ezd tarmog‘i bajaradi deb hisoblash mumkin. Uyda foydalanuvchilar soni kam bo‘lganligi sababli (odatda, 20-30 tadan kam), shuningdek, har bir pod’ezdni aktiv (yoki passiv) qurilmali alohida tizimostiga ajratish zaruriyati yo‘q. Shuning uchun Ethernet uy tizimini ikki tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

  1. oxirgi foydalanuvchilarni operatorning uy ichidagi aktiv yoki passiv qurilmasiga birlashtirishga xizmat qiluvchi binoning abonent tizimi;

  2. bino abonent tizimlarining aktiv qurilmalarini yagona infrastukturaga birlashtirish va ularni boshqa tarmoqlari bilan, xususan, Internet bilan ulash uchun xizmat qiluvchi magistral kabel tizimi.

Magistral kabel tizimi binolar o‘rtasidagi bog‘lamalar, aloqa aktiv qurilmalari, shuningdek, shahar, shaharlararo va milliy transport tarmoqlari bilan moslashtirish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Boshida tarmoq odatda daraxt topologiyasiga ega bo‘ladi.
Tarmoq rivojlanishi bilan topologiya “xalqa”, “yulduz” yoki ularning kombinatsiyalari bo‘lgan standart konfiguratsiyalarga o‘zgarib boradi. Ethernet tarmoqlarida magistral uchastkada nafaqat “vitaya para” lar, balki optik kabellar, xususan, aktiv uzatish tizimlari yoki PON tarmoqlaridan foydalanish mumkin.
Abonent kabel tizimi uy ichiga kabel o‘tkazishdan iborat bo‘lib, oxirgi foydalanuvchilarni tarmoqning aktiv yoki passiv qurilmalariga ulashga xizmat qiladi. Kabel tizimiga qo‘yiladigan talablar keskin farqlanishi mumkin. Foydalanuvchilarga 10 Mbit/s (Base-T 10 interfeys) tezlik taqdim qilinganda, bunday abonent tarmog‘ida 3 kategoriyadagi “vitaya para” dan foydalanishning o‘zi etarlidir. Ammo abonent kabel tizimi SAT5 “vitaya para” dan foydalangan holda SKS asosida qurilib, u foydalanuvchilarga Ethermet 10/100baseT interfeysini taqdim qilish imkonini beradi.
Abonent kabel tarmog‘ining topologiyasi binoning arxitekturaviy xususiyatlari, shaxta simlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, kirishlar, kabellarni o‘rnatish imkoniyatlari va boshqa faktorlarni hisobga olishi kerak. Kabel tizimlarini bino ichida o‘rnatish amaliyotida turli xil o‘rnatish sxemalaridan foydalaniladi: qurilmani xaotik joylashtirishdan tizimni pod’ezdlar bo‘ylab strukturalashgacha.
Abonent tarmoqlarini ma Ethermet kirish tarmoqlarini birlashtirish sodda tarzda bajariladi, chunki kirish tarmoqlari asosida Ethernet kadrlari asosidagi ma’lumotlarning yagona formatidan va yagona Ethernet texnologiyasidan foydalanilib, u uchun yuqori masshtablashtirish darajasi mavjuddir: 10 Mbit/s dan 10 Gbit/s gacha tezlik va turli o‘zaro aloqa interfeyslari (5.2-jadval). Yuqori aytib o‘tilganidek, Ethernet kirish tarmoqlarini ixtiyoriy NGN transport tarmoqlari bilan moslashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki transport tarmoqlarining qurilmalari turli darajadagi ierarxiyali Ethernet interfeyslarini ta’minlaydi.
9.3-jadval.
IEEE 802.3 standarti bo‘yicha Ethernet interfeyslarining variantlari

Nomlanishi

Interfeys turlari

H/F

Kodlash

Lin. kodi

MFS

Tarmoq o‘lchami

10G BASE-SR

Ikkita 50/125 mkm MMF, 850 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

2/550 m

10G BASE-SW

Ikkita 62.5/125 mkm MMF, 850 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

2/33 m

10G BASE-LX4

Ikkita 50/125 mkm MMF, 4×DWM signal

F

8B/10B

NRZ

N/A

300m

10G BASE-LX4

Ikkita 62.5/125 mkm MMF, 4×DWMsignal

F

8B/10B

NRZ

N/A

300m

10GBASE-LX4

Ikkita 8-10 mkm SMF, 1310 nm, 4×DWMsignal

F

8B/10B

NRZ

N/A

10 km

10GBASE-LR

Ikkita 8-10 mkm SMF, 1310 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

10 km

10GBASE-LW

Ikkita 8-10 mkm SMF, 1310 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

10 km

10GBASE-ER

Ikkita 8-10 mkm SMF, 1550 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

2/40 km

10GBASE-EW

Ikkita 8-10 mkm SMF, 1550 nm

F

64B/66B

NRZ

N/A

2/40 km


Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish