1959-yilda - Filip Noel-Beyker (Buyuk Britaniya).
Angliyalik Patsifist va diplomat Noel-Beyker qurolsizlantirish
bo'yicha yirik mutaxassis sifatida mukofotga taqdim etildi.
Millat Ligasi va BMTning arbobi sifatida qochoqlami
himoyasida faoliyat ko‘rsatdi. «Millat ligasi harakatda» va
«Qurolsizlantirish» nomli 2 ta kitobni chop ettirdi.
1960-yilda - Albert Lutuli (JAR). Janubiy Afrika
siyosat arbobi. Albert Lutuli mukofotga insonlar va xalqlar
orasida adolatni o‘matish va kuchaytirish uchun qilgan
xizmatlari uchun sazovor bo‘ldi. Lutuli qora tanli afrikaliklar
orasida birinchi laureat bo‘lib, bu mukofotni u, Afrika
xalqining yarim asr mobaynida jamiyatni tashkil qilish
borasidagi mehnatlarining samaras i deb bildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |