1-bola:
O’lkamizga keldi qish
Barchada birdek tashvish
Parrandalar g’uvillar
Qorni ezsang g’irchillar
2-bola:
Qor yog’ar misli paxta
Biram momiq oq paxta
Kaftingga tushgan onda
Erib ketar birpasta
Tarbiyachi: Bolalar yaqinda qanday bayram bo’ladi?
Bolalar: Yangi yil bayrami
Tarbiyachi: Yangi yil bayramini qanday o’tkazamiz?
1-bola: Archa o’yinchoqlarini yasaymiz, archa bezatamiz
2-bola: Archa atrofida qo’shiq aytib o’ynaymiz, Qorbobo va qorqizni kutib olamiz.
Tarbiyachi: Bolalar Yangi yil bayrami haqida yana qanday sh’rlarni bilasiz?
1-bola: Yangi orzu-yangi shon
Tilaklari bir jaxon
Dunyo bo’lsin deb omon
Kirib kelgan Yangi yil
Dil to’ridan bir olam
Salom senga Assalom
2-bola: Salom archa bugun barcha
Dildan jo’shib kuylaymiz
SHodligimiz sig’may ko’kka
Qish faslini qutlaymiz
Tarbiyachi: Barakalla, bolalar, yangi yil haqidagi she’rlarni juda yaxshi aytib berdingiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar hozir men sizlarga bir necha topishmoq aytaman diqqat bilan tinglab javobini aytasiz.
Tarbiyachi:
Oppoqina dasturxon
Er yuzini qoplagan
(qor)
O’tta yonmaydi
Suvda cho’kmaydi
(muz)
Yaxshi ko’rib ketaman
Bobomni yanada
Ayniqsa sovg’a bilan
Kirib kelsa chanada
(Qorbobo)
Yilda bir mexmon bo’lar
Yashil sochli opamiz
Uy to’rida o’tkazib
Taqinchoqlar taqamiz
(archa)
Tarbiyachi: Qani bolalar, “tez aytishni tez aytamiz “ o’yinini o’ynaymiz.
1-bola: Bu archani ninasimi
Ninachini ninasimi
2-bola: Qaxratonda qor bo’ronda
Do'stlaringiz bilan baham: |