Hukumatlararo dengiz kengashi tashkiloti (HDK) 1948-yilda tuzilgan bo‘lib, uning qarorgohi London shahrida. HDK dunyo okeani va dengizlarda suv transportidan foydalanishning ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlab berishda faol ishtirok etmoqda hamda ularning ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha bir qator konvensiyalar ishlab chiqqan. Bu tashkilot o‘z tarkibiga 100 dan ziyod mamlakatlarni birlashtirib, dengiz suvlari muhofazasiga doir asosiy xalqaro prinsiplarni o‘rnatadi va uning siyosatini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |