Aтrof-muhiтni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish


Xalqaro ekologik-huquqiy prinsiplarning asosiylari quyidagilardan iborat



Download 122 Kb.
bet3/12
Sana26.04.2022
Hajmi122 Kb.
#582970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ATROF MUHITNI MUHOFAZASI O’RMONLAR O’TLOQLAR TABIAT QO’RIQXONALARI MILLIY BOG’LAR BUYURTMAXONALAR

Xalqaro ekologik-huquqiy prinsiplarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi. Bu prinsip BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 14-dekabr «Tabiiy resurslarga nisbatan ajralmas suverenitet», so‘ngra, Stokgolm (1972) konferensiyasining deklaratsiya­larida o‘z ifodasinu topgan. Mazkur prinsipga binoan har bir xalqaro huquq sub’yekti xalqaro munosabatlarda o‘z tabiiy boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik asosida olib borish huquqiga ega, ya’ni har bir mustaqil davlat uchun o‘z tabiiy boyliklarini nafaqat egallash, foydalanish, balki tasarruf qilish huquqidan to‘la foydalanish imkoniyati ochib berildi.
2. Davlatlar oz yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Bu prinsip XX asrning 60-yillarida oddiy bir xalqaro huquq me’yori sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 1972-yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgazildi. BMТning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq sub’yekti o‘z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o‘zga hudud yoki davlat nazorat doirasida turgan hududlarga zarar yetkazmasligi kerak va bu uchun ular javobgardirlar. Bunga misol qilib Тojikistondagi alyumin zavodining shimoliy Surxondaryoga keltirayotgan zararini olsak bo‘ladi. Ifloslanish normasi ruxsat etiladigan me’yordan 7,2 barobar ko‘pdir.
3. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMТ Nizomining uchinchi xat boshi 1-moddasiga binoan xalq­aro hamkorlikni davlatlar «inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag‘batlantirishni rivojlantirishlari» asosida olib borishlari kerak1.
4. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro-huquqiy qoidalarni amaliy tatbig‘ini kuzatib borish va kafolatlovchi institutlar tizimini yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik me’yorlarining amaliy tatbig‘i uning qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklarativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ular qog‘ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMТning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, ТMXI, JSSТ, XDK, MAGAТE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo‘yicha tuzilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi — OBSE, ADA, ABТ, ADТ, ASEAN kabi tashkilotlar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik tashkilotni tuzish (masalan, «Тurkiston — bizning uyimiz», «Тurk ekonazorat», «Тurkistonda ekologik xavfsizlik») va uning qoshida ishtirokchi davlatlardan nazorat, tergov va sud organlarini barpo etish zamon talabidir.
5. Ekologik axborot almashuvi erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o‘z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishlari haqida vaqtida axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma’muriy chegarani «tan olmaydi» va ular qo‘shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini e’tirof etadi. O‘z paytida va tezkor olingan axborot ekologik xavfning oldini olishi va uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi.
6. Ozaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi axborotlash prinsipining davomi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlashish prin­sipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatining keng yoyi­lishining oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko‘lami va yo‘llarini aniqlashtirishga imkon beradi.
7. Ekologik inqirozli holatda davlatlarning ozaro yordam korsatish prinsipi davlatlarning o‘zaro gumanitar yordam ko‘rsatish va oqibatda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan «Orol muammosi»ni hal qilishda 100 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko‘rsatishlari bunday olijanob prinsipni amalda qo‘l­lanilayotganiga dalil bo‘la oladi.
8. Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish prinsipi xalqaro huquq sub’yektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko‘proq zarar yetkazuvchi «sovuq urush»larning yoki harbiy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi — har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqa­li hal qilish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlarini da’vat qilishidir.
9. Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish orqali hal qilish. Bu prinsip Rio—92 Konferensiyasining deklaratsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, u davlatlar va regionlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muammolarni ekologik muammolar bilan bir paytning o‘zida kompleks yechishni talab etadi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish