Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasining tashkiliy tuzilmasi va apparati tuzilmasi 6 va 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
5. Quyidagilar:
a) Inspeksiya faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasidagi amaliy tizimni samarali tashkil etish;
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
b) Respublika birlashmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4925-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 07/20/4925/1626-son)
harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni muvofiqlashtirish;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish holatini tizimli monitoring va tahlil qilish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, shu jumladan elektron to‘lov tizimlaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish;
ikkilamchi resurslarning xo‘jalik aylanmasiga jalb qilinishini rag‘batlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni, shuningdek, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
v) Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni davlatning boshqa organlari tizimlari bilan izchil integratsiyalashtirish, rivojlantirish va olib borish, Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek, yovvoyi hayvonlar hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha pitomniklarni, zoologiya va botanika kolleksiyalari davlat hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning monitoringi, tahlili va holatini baholash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, atrof-muhit holatini modellashtirish va prognoz qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarini yaratish;
zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondoshishlardan bevosita foydalangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tayyorlash, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish;
tayyorlanadigan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tezkorlik bilan tarqatish uchun mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi (B.Kuchkarov) zimmasiga:
yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalar shtatlarini va joriy etilayotgan lavozimlarni malakali soha mutaxassislari bilan to‘ldirishni ta’minlash;
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining, birinchi navbatda, tashkil etilayotgan Inspeksiya, Respublika birlashmasi va Markaz faoliyatini samarali tashkil etish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari faoliyatining natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |