Metanda, metil spirtda to`rttadan vodorod bor, ammo metil spirtdagi gidroksil gruppa vodorodi qolgan vodorodlarga nisbatan reakciyaga tez kirishadi. Metil spirtdagi gidroksil gruppa vodorodi, chumoli kislotadagi gidroksil gruppa vodorodidan farq qiladi. Masalan, bu ikkala moddaga ishqor ta`sir ettirilsa, faqat chumoli kislotaning gidroksil gruppa vodorodi reakciyaga kirishadi. Bunga sabab shuki, chumoli kislotada gidroksil gruppa karbonil gruppa C=O bilan bog`langan va u molekulaga kislota xossalarini beradi. - Metanda, metil spirtda to`rttadan vodorod bor, ammo metil spirtdagi gidroksil gruppa vodorodi qolgan vodorodlarga nisbatan reakciyaga tez kirishadi. Metil spirtdagi gidroksil gruppa vodorodi, chumoli kislotadagi gidroksil gruppa vodorodidan farq qiladi. Masalan, bu ikkala moddaga ishqor ta`sir ettirilsa, faqat chumoli kislotaning gidroksil gruppa vodorodi reakciyaga kirishadi. Bunga sabab shuki, chumoli kislotada gidroksil gruppa karbonil gruppa C=O bilan bog`langan va u molekulaga kislota xossalarini beradi.
- Yuqorida aytilganlarga asoslanib, Butlerovning ximiyaviy tuzulish nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Organik modda molekulalari haqiqiy mavjud materiyaning zarrachasi bo`lib, aniq ximiyaviy tuzilishga ega, ya`ni malekulalarni tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan ma`lum izchillikda bog`lanib doimo bir-biriga ta`sir qilib turadi. - 1. Organik modda molekulalari haqiqiy mavjud materiyaning zarrachasi bo`lib, aniq ximiyaviy tuzilishga ega, ya`ni malekulalarni tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan ma`lum izchillikda bog`lanib doimo bir-biriga ta`sir qilib turadi.
- 2. Moddalarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari molekulalarning tarkibi hamda ularning tuzilishiga bog`lik. Molekulasining tarkibi, molekulyar og`irligi bir xil bo`lib, ammo ximiyaviy tuzilishi va xossalari har xil bo`lgan moddalar izomerlar deyiladi.
- 3. Ximiyaviy tuzilish – molekuladagi atomlarning birikish tartibidir. Har bir molekula o`ziga xos yagona ximiyaviy tuzulishga egadir.
- 4. Organik moddalarning ximiyaviy tuzilishi ularning xossalarini o`rganish va klassik ximiyaviy reakciyalar orqali aniq tuzilishga ega bo`lgan moddalar hosil qilish orqali aniqlanadi. Molekulaning tuzilishi shu molekulani sintez qilish yo`li bilan isbotlanadi.
- 5. Organik moddalarda uglerod elementi doimo to`rt valentli bo`lib, boshqa elementlar bilan birikishidan tashqari, o`zaro birikib to`g`ri, tarmoqlangan va halqasimon zanjirlar hosil qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |