Reakciya o`rganilganda reakciya uchun olingan va hosil bo`lgan moddalar bilan bir qatorda oraliq moddalar ham ko`rib chiqiladi. Kavalent bog` ikki usul bilan uzilishi mumkinligidan bu tip reakciyalar 2 xil –geterolitik va gomolitik mexanizmlarda boradi.
Reakciya o`rganilganda reakciya uchun olingan va hosil bo`lgan moddalar bilan bir qatorda oraliq moddalar ham ko`rib chiqiladi. Kavalent bog` ikki usul bilan uzilishi mumkinligidan bu tip reakciyalar 2 xil –geterolitik va gomolitik mexanizmlarda boradi.
Geterolitik (yoki ionli) mexanizmda reakciyaga kirishuvchi molekuladagi elektron jufti buzilmasdan rekciya mahsuloti molekulasiga o`tadi, ya`ni reakciyagacha bo`lgan dastlabki molekuladagi elektron hisobiga yangi kovalent bog` hosil bo`ladi:
1b holatda reakciya mahsuloti molekulasidagi yangi bog` substratdagi elektron jufti hisobiga hosil bo`ladi, bunda reagent (kation yoki neytral molekula bo`lishidan qat`i nazar) yangi bog` hosil qilish uchun elektron bermasdan birikadi. Bunga benzolni xlorlanishini misol keltirish mumkin:
Gomolitik (yoki radikal) mexanizmda reakciya dastlabki moddalar molekulalaridagi elektron juftlarning buzilishi bilan boradi:
X + R H H:X + R
2- holatda yangi bog` hosil bo`lishida reagent va substratning har ikkalasidan bittadan elektron qatnashadi. Bunda h atom yoki erkin radikal bo`ladi(radikal H da hamma vaqt juftlashmagan bitta elektron bo`ladi). Masalan:
Reakciyalarning ionli yoki radikalli mexanizmlari faqat uglerod atomlaridagina emas, balki molekulaning boshqa atomlarida ham uchrashi mumkin.
Ionli mexanizm bo`yicha boradigan jarayonlar reagentlarning harakteriga qarab 2 tipga bo`linadi. Agar reagent yangi bog` hosil qilishi uchun elektron juftini bersa, bunday reagent nukleofil reagent, reakciya esa nukleofil reakciya deyiladi. Bunda substrat elektrofil xossasiga ega bo`ladi. Yuqoridagi I, II, III reakciyalar bunga misol bo`la oladi.