Atribut deyiladi. Atributlar jamlanmasi obyekt



Download 0,9 Mb.
bet36/63
Sana24.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#407122
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
Bog'liq
yakuniy

Quyida qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlash tizimining asosiy tavsifi va funksional imkoniyatlari keltirilgan:

  • oldindan belgilash mumkin bo‘lmagan muammolar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun informatsion qo‘llab quvvatlashni ta’minlash;

  • murakkab ko‘p o‘lchamli va ko‘p omilli tahlil hamda uskuna vositalari biln modellashni qo‘llash;

  • foydalanishning qulayligi, konkret vaziyatlarga moslashuvchanlik;

  • kirish ma’lumotlarini dinamik manipulyasiya qilish imkoniyati;

  • maksimal do‘stona foydalanuvchi interfeys, bu deyarli dasturchilar ishtirokisiz ishlashga imkon beradi

  • QQQQQTning ixtisoslashtirilgan tizimostilari, odatda, tashkilotni yuqori va o‘rta darajada boshqarishda qo‘llaniladi. Kompaniya rahbarlari va etakchi menedjerlari mamlakatda biznes faolligi yoki iqtisodiy vaziyat o‘zgarishida QQQQQTning moliyaviy modulidan kompaniya aktivlardan foydalanish samaradorligining o‘sishi yoki pasayishini prognozlash maqsadida foydalanishlari mumkin. O‘rta bo‘g‘im menedjerlariga ham xuddi shu tizim bajariladigan loyihalar bo‘yicha qisqa muddatli investitsiyalar istiqbolini baholash uchun foydali bo‘lishi mumkin. Loyiha rahbarlari uchun – bu moliyaviy va resursli rejalashtirish hamda rejalashtirilayotgan xaridga ko‘ra vositalarni taqsimlash uchun quroldir. QQQQQT odatda quyidagi standart komponentlardan tashkil topadi: dasturiy yadro, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning tahliliy vositasi, vizualizatsiya va axborot, telekommunikatsiya qurilmalarini taqdim etish vositasi.

  • Ma’lumotlar ombori tuzilishda tashkil etilgan va tahliliy operatsiyalarni amalga oshirish uchun optimallashtirilgan korporativ ma’lumotlarni saqlashning yagona muhitini taqdim etadi.

  • Tahliliy muhit axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimga ega bo‘lmagan oxirgi foydalanuvchiga navigatsiya va fan sohasi atamalarida ma’lumotlarni taqdim etishni amalga oshirishga imkon beradi. Foydalanuvchilar uchun QQQTning turli tasniflari interfeyslarning har xil turlari bilan o‘z servislariga kirishga yordam beradi (3.3.2-rasm).

  • Tahliliy tizimlar uchta asosiy vazifa: hozirgi vaqtda turli darajada shaklga solingan turlicha keng ko‘lamli axborotlarni tahlil qilish, keyin biznes vaziyatlarini rivojlantirish modellarini yaratish va hisobot kiritish bilan ma’lumotlarni intelektual tahlil qilishga imkon beradi.

  • QQQQQT-tizimlar — “korxonaning intelektual resurslari” yoki “biznesni intelektual tahlil qilish vositasi” (Business Intelligence — BI)sining bir qismi hisoblanadi. SHuningdek, axborotni intelektual qidirish tizimi (Data Mining — DM) ham BI-texnologiyaning muhim qismi hisoblanadi. Data Mining — bu turli sohalarda qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ilgari ma’lum bo‘lmagan, aniq bo‘lmagan, amalda foydali va bilimlarni talqin etish imkoniyatiga ega xom ma’lumotlarda aniqlash jarayonidir. Data Mining texnologiyalari rahbar va tahlilchilar uchun kundalik faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega. Bizmesmenlar Data Mining usuli yordamida raqobat kurashida sezilarli ustunlikka erishishlari mumkinligini anglashdi.

  • Data Mining (Dis- covery-driven Data Mining) texnologiyasining asosida “xom” ma’lumotlardagi ko‘p jihatli o‘zaro munosabat fragmentlarini aks ettiruvchi shablonlar konsepsiyasi (Patterns) namoyon bo‘ladi. Bu shablonlar o‘zida ma’lumotlarni tanlash xususiyatiga ega qonuniylikni aks ettiradi va kishiga tushunarli shaklda qulay ko‘rinishi mumkin. SHablonlarni qidirish tanlov tuzilishi va tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlar miqdorining taqsimlangan shakli haqidagi tajribada ko‘rilmagan takliflarning chegaralanmagan doiradadagi usullari bilan amalga oshiriladi. 3.3.3 – rasmda Data Mining texnologiyasidan foydalanib ma’lumotlarni hosil qilish sxemasi ko‘rsatilgan.

47. Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.

48. Sug'urtadagi barcha avtomatlashtirilgan axborot tizimlar uchta guruhga bo'linadi:

1) Korporativ axborot tizimlari "1C: sug'urta kompaniyasining boshqaruv" va "So'rovchi-Sug'urta", "Ingosstrax" va "RESO Garantia" kompaniyalari o'z faoliyatlarini avtomatlashtiradigan o'zlarining ishlanmalaridan foydalanadigan eng mashhur kompaniyalar misollari.

2) AIS (AIS OSAGO, AIS LCA, AIS hayotni sug'urtalash va boshqalar), CRM-tizimlari, call-markazlari, sug'urta kompaniyalari tahlil qilish va hisobot berish tizimlari, qaror qabul qilish tizimlari va boshqalar.

3) Internetni sug'urtalash. Onlayn xizmatlar «Alskom» sug'urta kompaniyasi buni O`zbekistonda birinchilardan bo`lib yo`lga qo`ygan.

49. Gapni aylantirsa bo’ladi

50. Elektron tijoratda qo‘llaniladigan CRM-tizimlar to‘g‘risida fikr yuritishdan avval bir nechta atamalarni aniqlab olish zarur bo‘ladi. Barcha zamonaviy CRM-tizimlar qaysi biznes sohasida ishga tushirilganligidan qat’iy nazar qandaydir holatda internet-texnologiyalardan foydalanadi. Zamonaviy CRM-tizimlar Internet-tijorat sohasida ishlovchi kompaniya xodimiga OLAP-texnologiyalar yordamida mijoz to‘g‘risida zaruriy axborotlarni olishga va joriy lahza tartibida tahlil etishga imkon beradi. Shularga bog‘liq holda, ko‘p hollarda CRM-tizim ishlab chiquvchilar o‘z mahsuloti nomiga “e” xarfini qo‘shib qo‘yadi. Ammo bu “e”- CRM tizimlarni elektron biznesga xech qanday aloqasi bo‘lmaydi.

Raqamli iqtisodiyot (elektron, raqamli, web, Internet-iqtisodiyot) - bu sohani samaradorligini oshirish va rivojlantirishda intellektual va axborot tizimlarni ham ohang foydalanishdir. Bunga korxonalarni boshqaruv faoliyatlarini internet orqali amalga oshirishi va elektron tijorat bilan bog‘liq raqamli texnologiyalarga asoslanishi, elektron mahsulotlar va xizmatlar bilan ishlab chiqarilgan va sotadigan xo‘jalik faolityatini kiritish mumkin.

Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, tо‘lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni о‘z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida о‘tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga о‘tishi ta’minlanadi.

51. Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash — konstruktorlash — ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan iborat.

52. Hozirgi vaqta mamlakatimizning barcha sohalarida tizimlashtirish jarayoni jaddalik bilan rivojlanmoqda. Bu jarayonlarda axborot ta’minotining o’rni katta.


Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega.
Ta’minlovchi qism o’z navbatida axborot ta’minotidan tashkil topadi. Axborot ta’minoti texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish