Ma’lumotlarning aniqligi. Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tegishli sohaning axborot modelini tashkil qiladi. SHu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob’ektlarning holati, xususiyati va ular o‘rtasida aloqalarni to‘liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB xatarli bo‘lishi va zarar keltirishi mumkin.
Tezkorlik va unumdorlik. Tizimning tezkorligi qo‘yilgan talabga javob berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki ma’lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |