Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini barchasini o‘z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, korxonalarda yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona va ommaviy bulutni etkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Odatda, bunday turdagi bulutlar mavsumiy faollik davriga ega tashkilotlarda foydalaniladi. Boshqacha ifodalaganda, ichki AT-infratuzilma joriy masalalarni echish xususiyatiga ega bo‘lmay qolishi bilan quvvatning bir qismi ommaviy bulutga tashlanadi (masalan, ishlov berilmasa korxona uchun xech qanday qiymatga ega bo‘lmaydigan katta hajmdagi statistik axborotlar), shuningdek, ommaviy bulut orqali korxona resurslariga (xususiy bulutga) foydalanuvchilar kirishini taqdim etish uchun ilmiy-amaliy asoslangan gibrid bulut mijozlardan va ikkinchi darajali to‘lovlarni olishda ham xavfsizlikni talab qiluvchi o‘ta muhim jarayonlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Hybrid cloudning asosiy kamchiligi bunday echimlarni samarali yaratish va ularni boshqarishni murakkabligi hisoblanadi. Turli manbaalardan xizmatlar olish uchun ularni yagona manbaa sifatida tashkil etilishi zarur bo‘ladi. Xususiy va ommaviy komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik echimni yanada murakkablashtirib yuboradi. Bu bulutli hisoblash sohasida yangi arxitekturali konsepsiya hisoblanadi, bu model uchun yangidan-yangi amaliy tavsiya va instrumentlar paydo bo‘ladi, uni keng tarqalishi to‘liq tadqiq etilmaguncha cho‘zilib ketadi.
32. MBBTning asosiy vazifalari va xususiyatlari. Ma’lumki, MBBT dasturiy va til vositalarining to‘plamidan iborat bo‘lib, ular yordamida MB ni hosil qilish, yuritish, tahrirlash va boshqa vazifalarni bajarish mumkin. Bunday tizim yordamida operatsiya tizimining ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha imkoniyatlari kengayadi.
MBBT ning vazifalarini uch guruhga ajratish mumkin:
-fayllarni boshqarish; ya’ni faylni ochish, nusxa olish, nomini o‘zgartirish tuzilishini o‘zgartirish, qayta hosil qilish, tiklash, hisobot olish, bekitish va boshqalar;
-yozuvlarni boshqarish, ya’ni yozuvlarni o‘qish, kiritish, tartiblashtirish, o‘chirish va boshqalar;
-yozuv maydonlarini boshqarish.
Shuni ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarni harflar dastasi yordamida kiritish, hisoblash, takroriy jarayonlarini amalga oshirish, ma’lumotlarni ko‘rsatuv oynasi yoki bosmaga chiqarish MBBT ning vazifalari qatoriga kirmaydi. Bu vazifalar amaliy dasturlar yordamida bajariladi. Bunday dasturlar MBBTning maxsus dasturlash tillari orqali hosil qilinadi.
Yuqorida keltirilgan vazifalar to‘plami MBBT da uch turdagi dasturlarning bo‘lishini talab qiladi: boshqaruvchi dastur, qayta ishlovchi (translyator) dastur va xizmat ko‘rsatuvchi dastur. MBBT ishga tushishi bilan asosiy boshqaruvchi dastur xotirasiga yuklanadi. Boshqa dasturlar tegishli holda ishga tushiriladi.
MBBTni turkumlashda mantiqiy tuzilish asos qilib olingan. Shuning uchun ham tarmoqli, pog‘onali va relyasion MBBTlari mavjud. Relyasion MBBT lari keng tarqalgan bo‘lib, ular jumlasiga dBase III Plus, FoxBase, Fox Pro, Clipper, dBase IV, Paradox va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |