Atribut deyiladi. Atributlar jamlanmasi obyekt



Download 0,9 Mb.
bet7/63
Sana24.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#407122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
yakuniy

Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.

12. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo‘linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o‘zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.

Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.

Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va hokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog‘liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan.

Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.


26
14. Axborot-qidiruv tizimi (AQG). EHMda yoki undan tashqarida saqlanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar), hujjatlar nomi yoki manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga oshiradi. EHMda u yoki bu hollarda qidiruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni bayon qilingan hujjatlarning formallashgan bayoni saqlanadi. O‘ziga kerakli mavzudagi hujjatni topishni istagan axborot iste’molchilari tizimga so‘rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvirlangan hujjatlarning to‘liq matni yoki so‘ralgan xarajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yetishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi.

15. Ilk marta «business intelligence» atamasi muloqotga 1980 yillar oxirida Gartner tomonidan “axborotlarni olish va tadqiq etish, uni tahlil qilish, yaxshilangan va rasmiy bo‘lmagan qaror qabul qilishga olib keluvchi sezgi va tushunishni tanlash” sifatida kiritildi. Ushbu atama shuningdek, “maxlumotlarni tahlil qilish, biznes-foydalanuvchiga ma’lumotlarning juda katta hajmiga ulardan muhim axborotlarni sintezlash uchun qayta ishlashda yordam berishi mumkin bo‘lgan hisobot va so‘rovlarni o‘rnatish uskunalari , bugun, bu uskunalar umumiylikda biznes-intellekt (Business Intelligence) deb nomlanuvchi toifaga mos keladi” tushunchasining mavjudligini ham taxmin qiladi.



BI ning bunday belgilanishi ushbu fan sohasiga axborot va bilimlar bilan ishlash usullari va uskunalarining etarlicha ko‘p miqdorini qamrab olishni, shuningdek ularni biznesda qo‘llashga imkon beradi (3.3.16-rasm). Ularning ko‘lami nihoyatda keng. Hozirgi vaqtda dasturiy V1 mahsulotlar ikkita asosiy sinfga bo‘linadi: BI-uskunalar va BI- ilovalar.

Birinchi toifaga so‘rov va hisobotlar generatorini kiritish mumkin. BI-uskunalar rivojlanishibu, eng avvalo, OLAP tezkor tahliliy qayta ishlash uskunalari, korporativ BI – to‘plamlar (Enterprise BI Suites — EBIS), shuningdek turli ixtisoslashtirilgan V1-platformalar.

Ko‘plab BI-uskunalar oxirgi foydalanuvchilar tomonidan ko‘p o‘lchamli va strukturalangan ommaviy ma’lumotlar va axborotlarga omborlarda (Data Warehouse), ma’lumotlar kioskasi va vitrinalari (Data Mart) yoki ma’lumotlarning tezkor omborlarida (Prompt Data Base) joylashgan ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish va generezatsiyalash uchun kirishda qo‘llaniladi. Stol ustida foydalaniladigan OLAP-uskunalar (Business Object Explorer, Cognos Power Play, MS Data Analyzer) vaziyatni ko‘p maqsadlarda tekshirish, amalga oshirish ehtimolini rivojlantirish va baholashning ssenariysini tayyorlash uchun foydalanuvchiga ko‘p o‘lchamli va birlashtirilgan ma’lumotlarni tezkor manipulyasiyalashga imkon beradi.

Ikkinchi toifaga keladigan bo‘lsak, BI-platformalar uskunalar to‘plamidan BI-ilovalarni yaratish, joriy etish, qo‘llab quvvatlash va kuzatish uchun foydalanadi. Ilova so‘nggi foydalanuvchining o‘ziga xos biznes-muammolari atrofida to‘liq tahlil qilish va iqtisodiy vaziyatlar modellari tashkillashtirilgan “buyurtma” interfeyslari bilan rivojlanishga ega. BI-platformani tanlashda arxitekturaning taqsimlanganligi, modullanganlik, o‘tkazuvchanlik, mashstablilik, XML, OLE DB for OLAP, CORBA, COM/DCOM umu3m qabul qilingan standartlarni qo‘llab quvvatlash va Internetda ishlash imkoniyati kabi tavsiflarni hisobga olish zarur.

Amaliy BI-ilovaga qarorlarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash tizimining (Executive Support Systems — ESS) bir qismi hisoblangan rahbarning axborot tizimi EIS misol bo‘ladi. ESS kompaniya boshqaruvining strategik bosqichida strukturalanagan qarorni qabul qilishda va istalgan amaliy va ixtisoslashtirilgan ATga qaraganda tashqi muhitdan axborotni yaxshiroq tizimli tahlil qilishga yordam beradi.

16. Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.

18. Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:


    • komputerning va komputerlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;

    • komputer va komputerlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan – asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot komputer bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta’minot (base software) – komputer ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:



  • operatsion tizim (OT);

  • tarmoq tizimlari.

Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komputerning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.

19. Ma’lumotlarni integratsiyalashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) avtonom va ma’lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo‘linadi. Avtonom fayli tizimlarda (AFAAT) to‘plangan ma’lumotlar o‘zaro bog‘lanmagan holatda bo‘ladi. Shu sababli bunday turdagi tizimlar o‘rniga ma’lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda.



20. Ilk marta «business intelligence» atamasi muloqotga 1980 yillar oxirida Gartner tomonidan “axborotlarni olish va tadqiq etish, uni tahlil qilish, yaxshilangan va rasmiy bo‘lmagan qaror qabul qilishga olib keluvchi sezgi va tushunishni tanlash” sifatida kiritildi. Ushbu atama shuningdek, “maxlumotlarni tahlil qilish, biznes-foydalanuvchiga ma’lumotlarning juda katta hajmiga ulardan muhim axborotlarni sintezlash uchun qayta ishlashda yordam berishi mumkin bo‘lgan hisobot va so‘rovlarni o‘rnatish uskunalari , bugun, bu uskunalar umumiylikda biznes-intellekt (Business Intelligence) deb nomlanuvchi toifaga mos keladi” tushunchasining mavjudligini ham taxmin qiladi.

BI ning bunday belgilanishi ushbu fan sohasiga axborot va bilimlar bilan ishlash usullari va uskunalarining etarlicha ko‘p miqdorini qamrab olishni, shuningdek ularni biznesda qo‘llashga imkon beradi (3.3.16-rasm). Ularning ko‘lami nihoyatda keng. Hozirgi vaqtda dasturiy V1 mahsulotlar ikkita asosiy sinfga bo‘linadi: BI-uskunalar va BI- ilovalar.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish