1.2.3-rasm. Tizimli dasturiy ta’minotning tuzilishi
Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) – kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to’plami.
Ularga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim (OT);
tarmoq tizimlari.
Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komputerning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitalar deb atashadi.
Utilitlar – ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki komputerga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
72. O’zbеkistonda “O’zbеktеlеkom” aktsiyadorlik kompaniyasi poytaxtda ma’lumotlarni qayta ishlash markazini – “UzCloud” bulutli ma’lumotlar markazini ishi yo’lga qo’yilmoqda. Bu loyiha O’zbеkistonda ma’lumotlarni qayta ishlashning ilk ma’lumotlar markazi bo’ldi va to’liq Huawei kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Loyiha ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash zahiralariga bo’lgan talabni qanoatlantiradi va tеxnik imkoniyatlarni kеngaytirish sharoitlarini bеradi, bundan tashqari bulutli hisoblash asosida yangi xizmatlar taklif etadi. Loyiha doirasida ActivePlatfom platformasi ishlab chiqilgan bo’lib, bulutli tijoratni boshqarishga mo’ljallangan.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining ishonchlilik darajasi Uptime Institute kvalifikatsiyasi bo’yicha Tier III xalqaro tizimiga mos kеladi, ya’ni “N+1” formulasi bo’yicha bunday markazning infrastrukturasini zahiralash ta’minlanadi, bunda buzilishga nisbatan bardoshlilik 99,982% ni tashkil etadi. Loyiha amalga oshirilgan va hozirda AKTning zamonaviy xizmatlarini davlat tashkilotlariga va katta korporativ mijozlarga, bundan tashqari jismoniy shaxslarga taqdim etish ishlari olib borilmoqda. Bunday markazlarning qurilishi Buxoro va Qo’qonda qurilishi rеjalashtirilgan.
Bulutli hisoblashning istiqbolli ekanligi muqarrar, shuning uchun kеlajakdagi faoliyatini zamonaviy axborot tеxnologiyalari bilan bog’laydigan har qanday mutaxassis uchun bu tеxnologiya haqida bilimlar kеrak va muhim!
73. Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |