Atom
Geliy atomi
Geliy
atomi illustratsiyasi, unda
yadro
(pushti) va
elektron buluti
tarqalishi (qora) tasvirlangan. Geliy-4 yadrosi
(tepada oʻngda) sferik simmetrik boʻlib, elektron bulutiga oʻxshaydi, biroq murakkab yadrolar bunday
boʻlmasligi
mumkin.
Qora
chiziq
uzunligi
—
bir
angstrom
(
Andoza:FormattingError
yoki
Andoza:FormattingError
).
Tasnifi
Kimyoviy unsur
eng kichik boʻlagi
Xossalari
Massasi
:
Andoza:FormattingError
dan
Andoza:FormattingError
gacha
Elektr zaryadi
: nol (neytral) yoki
ion
zaryadi
Diametri
:
62 pm (
He
) dan 520 pm (
Cs
) gacha
Tarkibi
:
Proton
va
neytronlardan
iborat ixcham yadro va
elektronlar
Atom
(yun. atomos – bo‘linmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini o‘zida
mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki "bo‘linmas" nomini olgan bu zarraning ichki
tuzi-lishi anchagina murakkab. A. musbat za-ryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida
harakatlanuvchi elektronlardan tash-kil topgan. A. markazida barcha massasi jamlangan
musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida o‘lchovlari (~ 10~8 sm) A.
o‘lchovlarini ifodalay-digan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. A.
yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. A.dagi elektronlar soni yadrodagi protonlar
soniga teng (A.dagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni
elementning dav-riy tizimidagi tartib raqamiga teng. A. elektronlarni tutib olib yoki berib,
manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. A.ning kimyoviy xossalari asosan tashqi
qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qo‘shilib, A.lar molekulalar hosil qiladi.
A.ning ichki energiyasi uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret)
qiymatlarga ega bo‘lishi va u sakrashsimon kvant o‘tishlardagina o‘zgarishi mumkin. Ma’lum
qiymatdagi energiyani yutib, A. qo‘zg‘algan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga o‘tadi. A.
foton chiqarib, qo‘zg‘algan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga
o‘tadi. A.ning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat
zaryadli mas-siv yadro joylashgan, yadro atrofida – Ze elektronlar aylanadi. Atomning de-
761yarli hamma massasi yadroda to‘plangan. qolganlari esa qo‘zg‘algan sathlar deyi-ladi.A.
tuzilishi haqidagi fan ("Atom fi-zikasi" "Yadro fizikasi", "Elementar zarralar fizikasi" va boshqa
yo‘nalishlar) nazariyasi ancha murakkab bo‘lib, fizi-kaning deyarli barcha yutuqlariga va
hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga ta-yanadi.Ad.:Bekjonov R. B., Atom yadrosi va
zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzi-lishi, T., 1997.
[1]
Átom
(
yunoncha
ἄτομος – boʻlinmas) –
kimyoviy unsur
zarrachasi. Atamani
yunon
faylasufi
Demokrit
miloddan avvalgi V asrda
kiritgan.
Hamma jismlar, shu jumladan oʻzimiz ham, atomlar deb ataluvchi juda mayda
«gʻishtchalar» dan iborat. Tabiatda kimyoviy elementlar qancha boʻlsa, bunday
«gʻishtchalar» turlari shuncha boʻladi.
Kimyoviy element
– ayni bir turdagi atomlar toʻplami.
Modda juda mayda zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi
yunon olimlari
tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni atomlar deb atashdi. Qadimgi yunonlar
atomlar muntazam ko’pyoqliklar shakliga ega, deb faraz qilganlar:
Kub
(“Yer atomlari”),
Tetraedr
(“Olov atomlari”),
Oktaedr
(Havo atomlari),
Ikosaedr
(“suv atomlari”).
Moddaning
atomlardan tuzilganligi g’oyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq
vaqt o’tdi. Bu g’oya fanda
kimyo
va
kinetik nazariyaning
yutuqlari tufayli
XIX asrning
ikkinchi
yarmida qat’iy qaror topdi.
XX asr
boshiga kelib, fiziklar atomlarning o’lchamlari 10
−10
m
va
massasi 10
−27
kg
atrofida bo’lishini bilar edilar. Bu vaqtga kelib atomlar umuman “bo’linmas”
emas, ular ma’lum ichki tuzilishiga ega, buni bilish esa
D. I. Mendeleyev
aniqlagan
kimyoviy
elementlar hossalarining davriyligini
tushuntirishga imkon berishi aniq bo’lib qoldi.
Atom atamasining kelib chiqishi
Tomson atomi modeli
Elektron
kashf etilgandan bir oz vaqt o’tgandan keyin, 1903 yilda ingliz fizigi
Jozef Jon
Tomson
diametri tahminan 10
−10
m, ichiga elektronlar “sochilgan”, hajmi bo’yicha musbat
zaryadlangan
sfera
shaklidagi atom modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga
nisbatan tebranganda, atom
yorug’lik
nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida
qatlam bo’lib guruhlanadi, deb hisobladi.
Tomson taklif etgan modelda atom massasi uning hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlangan.
Bunday farazning hato ekanligini tez orada ingliz fizigi
Ernest Rezerford
isbotladi. 1908-1911
yillarda uning rahbarligida
α-zarralar
(
geliy yadrolari
)ning metal
folga (zar qog’oz)da
sochilishiga oid tajribalar o’tkazilgan edi. (qarang
Alfa yemirilish
). α-zarra yupqa folgadan
(qalinligi 1 mkm) o’tib va
oltingugurtli
qo’rg’oshindan
qilingan ekranga tushib,
mikroskopda
yaxshi ko’rinadigan chaqnashni vujudga keltirar ekan. Ekranni α-zarraning dastlabki harakat
yo’nalishida xar hil burchaklarda joylashtirildi va folgadan u yoki bu burchakka sochilgan
zarralar soni sanaldi. Ko’pchilik zarralar folgadan bir oz og’ib o’tib ketishi aniqlandi, biroq
ayrim hollarda (tahminan 10 000 lan bittasida) α-zarraning 90˚ dan katta burchakka og’gani
kuzatildi.
Tomson Atomi modeli
Rezerford tajribasi
“
Bu, agar 15 duymli snaryadni bir varaq papiros qogʻoziga otganingizda, snaryad
qogʻozdan qaytib kelib, sizga tekkanidek, aql bovar qilmaydigan hol edi
”
– deb keyinchalik eslagan edi Rezerford. α-zarrachalarning sochilishiga oid tajribalar shuni
yaqqol koʻrsatdiki, atomning butun massasi juda kichik hajmda – atom
yadrosida
toʻplangan
boʻlib, uning diametri atom diametridan 10 000 marta kichikdir. Koʻpchilik α-zarralar ogʻir
yadro yonidan, unga tegib ketmasdan uchib oʻtadi, biroq bunda u orqaga «sakrab ketishi»
mumkin.
Rezerford tajribalari atomning yadro modeli ni yaratish uchun asos boʻldi. Bu model bizning
atom tuzilishi haqidagi bugungi tasavvurlarimizni ifodalaydi.
Atom markazida atom yadrosi joylashgan, atomning qolgan hamma hajmini elektronlar
egallaydi. Yardo ichida elektronlar yo’q (bu 1930-yillar boshida aniq bo’ldi); yadro musbat
zaryadlangan
protonlar
va zaryadga ega bo’lmagan
neytronlardan
iborat. Atomdagi
elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng; bu mazkur kimyoviy elementning atom
raqami (uning davriy sistemadagi tartib raqami) dir. Elektron massasi proton yoki neytron
massasidan tahminan 2000 marta kichik, shuning uchun atomning hamma massasi yadroga
to’plangan. Turli elektronlar yadro bilan turli darajada bog’langan; ularning ba’zilarini atom
nisbatan oson yo’qotishi mumkin, bunda u musbat
ionga
aylanadi. Atom qo’shimcha
elektronlarga ega bo’lib, manfiy ionga aylanadi. Atomning birinchi miqdoriy nazariyasini 1913-
yilda daniya fizigi
Nils Bor
ishlab chiqdi. Bu eng oddiy atom –
vodorod
atomining nazariyasi
edi. Nils Bor Rezerford tajribalarining natijalaridan va o’sha vaqtlarda ma’lum bo’lgan atomlar
vodorodning spektri haqidagi ma’lumotlardan foydalandi. U vodorod atomini quyidagi
ko’rinishda tasavvur qildi: proton (atom yadrosi) atrofida aylanma
orbita
bo’lib elektron
harakatlanadi.
Abdurazzoqov A. A., Nazirov E. N., Rasulova M. Y.- Yosh Fizik ensikloperik Lugʻati, 1989 yil
Rezerford tajribasi sxemasi
Atom tuzilishi
Foydalanilgan adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Fizikaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph
p?title=Atom&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Atom&oldid=2016334
"
dan olindi
Manbalar
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |