Atom yadrosining tuzilishi va xossalari reja: Atom yadrosining tuzilishi va xossalari



Download 95,59 Kb.
bet5/12
Sana13.07.2022
Hajmi95,59 Kb.
#788766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ATOM YADROSINING TUZILISHI VA XOSSALARI

Betta (β) yemirilish. -yemirilish hodisasi shundan iboratki, ayrim elementlarning yadrolari o’z-o'zidan elektronlar va juda kichik massali neytral zarra antineytrina chiqaradi. Qizig'i shundaki, radioaktiv yemirilish jarayonida yadrolar o'zida bo'lmagan elektronlarni chiqaradi (yadrolar proton va neytronlardan tuzilgan). Bu juda oson tushuntiriladi. Aniq sharoitlarda yadroda neytronning proton va elektronga aylanishi yuz beradi. Paydo bo'lgan elektron yadrodan uchib chiqadi. Yadro neytronning proton va elektronga aylanish jarayoni neytronlari ko'p bo'lgan yadrolarda kuzatitadi. Yadrodan uchib chiquvchi elektron Dm massalar farqiga ekvivalent bo'lgan E kinetik energiyaga ega bo'ladi.
Keyinchalik -yemirilishda ishtirok etuvchi ikki xil neytrino mayjudligi aniqlangan: neytrino n bilan belgilanadi va antineytrino n bilan belgilanadi. .
-yemirilish natijasida massa soni oldingidek, ammo atom nomeri (zaryad soni) birga ortik, bo'lgan yangi yadro hosi1 bo' ladi:
(3)
Masalan, ushbu reaksiya bo'lishi mumkin:
(4)
Yadrolardan -yemirilish jarayonida chiquvchi elektronlar energiyasi n dan berilgan yadro uchun mumkin bo'lgan maksimal qiymatgacha uzluksiz ravishda o'zgarib turishi tajribalarda aniqlangan.
Ammo faqat ahyon-ahyondagina maksimal energiyali elektronlar nurlanadi.
Yadrolarning gamma ()-nurlanishi. Yadro, xuddi atom singari. eng kichik energiyali holatda va qo'zg'algan holatda bo'lishi mumkin. Yadroning eng kichik energiyali holatdan qo'zg'algan holatga o’tishi uni zarralar yoki fotonlar bilan bombardimon qilish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, element yadrosi n chastotasi fotonlar bilan bombardimon qilinganda u ( )* qo'zg’algan holatga o'tishi mumkin:
O'zining asosiy holatiga qaytib, vadro -kvantlar chiqaradi:
(6)
Shunday qilib,  -kvantning chiqishi atomning buzilishi bilan bog'liq emas, ular atomlar tomonidan emas, balki yadrolar, tomonidan nurlanadi. -nurlanish radioaktiv yemirilish bilan birgalikda yuz beradi, masalan, natriyning radioaktiv yemirilishi - va -nurlanish bilan birgaiikda sodir bo'ladi:


(7)
-nurlanishning asosiy xossalari bilan tanishaylik. Eng avvalo uning nihoyatda yuqori chastotali ekanini ta'kidlash kerak. Shuning uchun uning to’lqin xossalari zaif bo’lib, birinchi o'ringa korpuskulyar xossalari chiqadi.
-nurlanish, fotonlari elektr zaryadiga va tinchlikdagi massaga ega emas.
Shuning uchun moddadan o'tishda g-kvantlar yadro va elektronlar bilan juda kam to'qnashadi. Ammo onda-sonda to'qnashishlar natijasida ular o'zlarining dastlabki yo'nalishidan keskin og'adi. Bunda -kvantlar energiyasi deyarli o'zgarmaydi, ammo -kvantlarning bir qismi moddada yutiladi. -nurlanishning katta o'tuvchanlik qobiliyati ularni inson uchun xavfli qilib qo'yadi.

Download 95,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish