\
(
1
)
d N .
4
в
sin
=
c o n s t
(
2
)
dD.
2
R e z e rfo rd ta k lif etg an a to m n in g sa y y o ra v iy m o d e li a to m n in g
barqarorligini, spektrning diskretligini tushuntira olmaydi. Chunki atom
q o b ig ‘ida elektron yadro atro fid a aylanib tu ra r ekan zaryadli zarra
elektrodinamika qonunlariga ko ‘ra, o ‘z energiyasini nurlab borishi lozim
va nihoyat elektron yadroga kelib tushishi kerak.
Bu qarama-qarshilikni 1913-yilda daniyalik olim N . Bor o ‘z postulatlari
bilan bartaraf etdi. N. Bor postulatalariga ko‘ra, atom da elektronlar aniq
barqaror orbitalarda (K, L, M ,...) harakatlanadi. Har bir orbita bir-biridan
muayyan masofada joylashgan aniq energiyaga egadir, bunda atom energiya
yutmaydi ham, chiqarmaydi ham. Energiya yutish va chiqarish faqatgina
elektronning bir orbitadan ikkinchisiga o'tishida ro ‘y beradi.
N. Bor o ‘z postulatlari bilan atom yadrosidagi jarayo nlarni klassik
tasavvurlashdan kvant tasavvurlashga asos soldi.
Shunday qilib, klassik fizika qonunlaridan kvant fizikasiga o ‘tish davri
boshlandi.
1926-yili Geyzenberg va Shredinger m ikrodunyo jarayonlarini kvant
mexanikasi qonunlariga ko‘ra tushuntira boshladilar. Kvant mexanikasiga
ko‘ra, zarralar harakatini o ‘rganishda ularning harakat trayektoriyasini, bir
vaqtda turgan joyi va tezliklarini aniq bilish mumkin emas.
Geyzenberg noaniqlik prinsipini, Shredinger kvant fizikasining toMqin
nazariyasini ishlab chiqdi. 1919-yilda Aston m ass-spektograf yaratdi va
atomning massalarini aniq oMchash imkoniyatini berdi. Element massalari
har xil boMgan izotoplaraniqlandi. Rezerford birinchi marotaba alfa-zarralar
bilan azot
yadrosini bombardimon qilib \ a + X4N ^> Х1 0 + \ Н yadro
reaksiyasini amalga oshirdi. Bu hodisa insoniyatning tabiat kuchlari ustidan
erishgan dastlabki g‘alabasi edi.
Reaksiyada vujudga kelgan vodorod atom ining yadrosi barcha yadrolar
tarkibiga kiruvchi elementar zarra ekanligi aniqlandi va proton (p) deb
nom berildi. «Proton» so‘zi «birinchi» degan (yadro tarkibiga kiruvchi
birinchi zarra) m a’noni anglatadi. Protonning m assasi mp = 1836,lm ,ga,
zaryadi qp = 1,6* 10_19K1 m iqdor jih atd an elektron zaryadiga teng, ishorasi
esa unga qarama-qarshi.
Proton kashf etilgandan so‘ngyadroning proton-elektron modeli yaratildi,
lekin bu model yadro momentlarini tushuntira olmadi.
Yadroning ichki sirlarini o ‘rganish uchun yuqori energiyali tezlatkichlar
qurila boshlandi. Shu maqsadda Van-de-Graf tomonidan elektrostatik
generator E.Lourens tomonidan esa siklotron yaratildi.
1932-yilda D.Chedvik (1891-1974) zaryadsiz, massasi protonnikiga
yaqin boMgan m = 1838,6/я, massali neytral zarra-neytronni kashf etdi.
Neytron kashf etilgach, D.D.Ivanenko va Geyzenberg atom yadrosining
proton-neytron modelini tavsiya etishdi. Bu modelga ko‘ra, atom yadrolari
proton va neytronlardan tashkil topgan deb qaraladi. Hozirgi kungacha ham
shunday tasavvur saqlanib kelmoqda.
D.Kokroft va E.Uolton sun’iy tezlashtirilgan protonlar bilan birinchi yadro
reaksiyasini amalga oshirdi. K.Anderson kosmik nurlar tarkibida pozitron
(e1) ni kashf etdi.
Kosmik nurlar va yadro nurlanishlami o ‘rganish uchun Vilson kamerasi
va fotoemulsiya usullari yaratildi.
Yadro tarkibini o‘rganish bilan bir vaqtda yadro kuchlarning xususiyatlarini
aniqlashga jiddiy e’tibor qaratildi. l.E.Tamm (1895-1971), D.D.Ivanenko
(1907-1981) va keyinchalik 1935-yildayapon olimi X.Yukava yadro kuchlar
oraliq mezon zarralar yordamida amalga oshadi deb qarab, o‘zlarining mezon
nazariyasini ishlab chiqishdi.
1934-yilda I.Kyuri va F.Jolio-Kyuri sun’iy radioaktivlik hodisasini, E.Fermi
P -yemirilish nazariyasini yaratdi.
1937-yilda K.Anderson va S.Nedermeyer tomonidan kosmik nurlar
tarkibida / / -mezon zarralar mavjudligi ochildi. Bu vaqtga kelib ko‘plab
elementar zarralar va bu zarralarning bir-birlariga o‘tishliklari o ‘rganila
boshlandi.
1939-1945-y illarda ogMryadrolaming neytronlar ta’sirida boMinishi, bunda
katta energiya ajralishi aniqlandi, y a’ni yadro zanjir reaksiyalari amalga
oshirildi.
Yadro boMinish nazariyasini 1939-yil Ya.I.Frenkel, N.Bor va J.Uylerlar
tomchi modeliga asosan ishlab chiqishdi. E.Fermi boshchiligida AQSHda
1942-yil 2-dekabrda atom reaktori ishgatushdi.
1944 - 1945-yillarda V.I.Veksler va E.M ak-M illan zaryadli zarra
tezlatgichlariga avtofazirovka prinsipini ishlab chiqdilar, bu esa o ‘z navbatida
tezlatgichlar energiyasini bir necha o ‘n marta oshirish imkoniyatini berdi.
1946-yildan boshlab ko‘plab (betatron, sinxrotron, sinxrofazotron, chiziqli
rezonans) tezlatgichlar qurila boshlandi.
Tezlatgichlar yaratilishi ko‘plab elementar zarralar (mezonlar, adronlar,
giperonlar, rezonans zarralar) ochilishiga va ularning xususiyatlarini o‘rganish,
bundan tashqari, turli yadro reaksiyalarini o‘tkazish imkoniyatini berdi.
Bu davrga kelib ko‘plab yadro modeliari yaratildi.
1954-yil 27-iyunda sobiq SSSRda birinchi atom elektr stansiyasi (AES)
ishga tushirildi. Bu bilan yadro energiyasidan tinchilik maqsadida foydalanish
davrini boshlab berdi, hozirgi vaqtda yuzlab AESlar ishlab turibdi.
Yadroning ichki energiyalaridan foydalanishning yana bir turi - yengil
yadrolar q o ‘shilishi (sintez) reaksiyalari, y a ’ni term oyadro reaksiyasi
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda termoyadro reaksiyasini boshqarish eng aktual
muammo bo‘lib, bu muammo hal etilsa, insoniyatning energiyaga bo‘lgan
ehtiyoji to ‘la qondirilgan b o ‘lar edi.
Yadro fizikasi tez rivojlanib borayotgan sohadir. A yniqsa, keyingi
yillarda texnika taraqqiyoti ko‘p yo‘nalishlar bo ‘yicha ilm iy izlanishlar
olib borish, bu bilan barcha elem entlar yadrolarining kvant xususiyatlarini
aniqlash imkoniyatini beradi.
H ozirgi vaqtda yadro fizikasi fani old id a y adro k u c h la r tab iatini,
e lem en tar z a rra la r x u su siy a tla rin i h am da te rm o y a d ro rea k siy asin i
boshqarish kabi eng muhim m uam m olar turibdi.
Bu xil m uam m olarni hal etish d a, yagona nazariy an i yaratish d ag i
asosiy q iy inch ilik shundan ib o ratk i, y ad ro dag i n u k lo n la r o rasidag i
o ‘zaro ta ’sirlashuv kuchlarini bilm aym iz (yadro k u c h la ri tab ia td a eng
katta kuch, bu kuchdan katta k uchga ega em asm iz, t a ’sirlash u v qisqa
m asofada - R~ 10~13sm, ta ’sirlash u v vaqti t = 10_23s b o ‘ lg anligi uchun).
Ikkinchi tom ondan nuklonlar orasidagi ta ’sirlashuvni b ilganim izda ham
t a ’s ir la s h u v q iy m a tin i h i s o b l a s h u c h u n m a t e m a t ik h i s o b l a s h
im k o n iy atig a ega em asm iz, c h u n k i y a d ro k o ‘p n u k lo n li siste m a .
Hozirgi zam on EH M ham ularni h iso blash uchun o jiz lik qiladi.
Shuning uchun hozirgi yaratilayotgan nazariyalar tajrib a natijalarini
um umlashtirishga asoslangan fenom enologik xususiyatga egadir.
Yadro fiz ik asi fani hozirg i z a m o n te z la tk ic h la ri, q a y d q ilu v c h i
detektorlar, kameralar, EHMlar, elektron avtom atik qurilm alar yordam ida
rivojlanib bormoqda.
Yadro fizikasi taraqqiyoti natijalari energetika, geologiya, tibbiyot, avtomatika,
ekologiya kabi ko‘plab sohalarda keng qoMlanilmoqda.
R espublikam izda yuqori m alakali yetuk m utaxassislar tayyorlash
muammosini o ‘quv muassasalarida o‘quv ishlari sifatini yaxshilash, ayniqsa,
kerakli o‘quv qurollari va adabiyotlar bilan ta’minlash bilan erishish mumkin.
Shu sababdan ham hozirgi kunda Davlat tilidayozilgan har bir ma’ruza matni,
o‘quv adabiyotlari muhim ahamiyatga egadir.
Atom yadrosi va zarralar fizikasi umumiy fizika kursining eng yosh
bo‘limlaridan boMib, o‘tgan XX asr boshlaridayaratilib shiddat bilan rivojlandi
va rivoj lanmoqda. Hoziigacha bakalavrlar o‘ quv dasturi va Davlat ta’lim standarti
asosida yozilgan adabiyotlar mavjud emas, unga yaqin adabiyotlar juda kam,
xorijiy tillarda yozilganlari esa u yoki bu mavzuga tegishli.
QoMlanmani yozishda mavjud adabiyotlardan tashqari mualliflaming ko‘p
yillar davomida Samarqand Davlat universiteti fizika fakultetida «Atom yadrosi
va zarralar fizikasi» kursidan o ‘qigan ma’ruzalari va ish tajribalaridan ham
foydalanildi.
QoMlanmani yozishda fizik kattaliklar, ular orasidagi bog‘lanishglar, fizik
ma’nolami tushuntirishga e’tibor qaratildi. Kattaliklami hisoblash formulalari
sodda ixcham holatga keltirildi.
Ushbu qoMlanma birinchi marotaba chop etilayotganligi uchun ba’zi bir
kamchiliklarga ega boiishi mumkin. Shuning uchun mualIiflaro‘quv qoMlanma
to‘g‘risidagi o ‘z fikr-mulohazalarini bildirgan barcha hamkasblarga oldindan
o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |