\H,2
x
H ,\He,\He dastlabki uchta yadroga nuklon qo‘shilish energiyalari
2,2; 5,5; 20,6 MeV magik yadroda eng katta. Lekin
*He ga yana bir nuklon
qo‘shilsa energiya manfiy
^He uchramaydi.
Tabiatda tarqalishi:
^ C a tabiiy aralashmaning 97% ini tashkil etsa,
ko‘shni fg
A r — 0,3%, 4*2Ti esa tabiatda uchramaydi. Yoki tabiiy radioaktiv
qator Z = 82, N = 126 boMgan ikki marta magik yadro
2ЦРЬ ga kelib
to‘xtaydi. Yadrolar elektr kvadrupol momentlari magik yadrolarda nol boMadi
va keyin magik sonlardan so‘ng kvadrupol moment ishorasini o‘zgartiradi va
magik sondan qancha uzoqlashsa kvadrupol moment otrib boraveradi.
Yuqorida bayon qilingan yadro xususiyatlarining davriy o‘zgarishi
yadrodagi nuklonlar ham atom elektronlari qobiqda harakatlanganliklari
kabi qobiqlarda harakatlanadilar deyishlik imkonini beradi.
Qobiqli modelning mualliflari M.GMayer (1906 — 1972), O.Xankel,
X.Yensen (1907 — 1973) va Zyuslar hisoblanadi.
Qobiqli modelga ko‘ra, nuklonlar yadro zichligi
(p = 21 O’4 g/sm3)
boMishiga qaramasdan, yadro ichida bir-biri bilan to‘qnashmay, o‘zaro
moslashgan holda butun nuklonlar tomonidan vujudga kelgan yadro
maydonida deyarli aloqasiz orbitalarda harakat qiladi deb qaraladi. Bunday
holda atomdagi elektron harakati kabi nuklonlar harakati (я, /,
j, m) kvant
sonlari bilan xarakterlanadi. Proton va neytronlar alohida energiya ortishi
tartibida ketma-ket energiya holatlariga joylashadi.
Eslatma: Pauli prinsipiga ko‘ra, har bir proton holatida N = 2j + 1 tadan
ortiq bo‘lmagan protonlar tura oladi. Xuddi shuningdek, neytron holatida
ham N = 2j + 1 ta neytron boMadi. 1-moment orqali N = 2(21 + 1) nuklon
joylasha oladi.
Yadroda yopiq qatlamlar bor deb qarashlik uchun quyidagi shartlar
bajarilishi kerak:
1. Nuklonlar Fermi-Dirak statistikasiga bo‘ysungan boMishi.
2. Harbirnuklonning harakati orbital kvant soni bilan xarakterlanishi kerak.
Birinchi shart bajariladi-nuklonlarfemionlar Pauli prinsipigabo‘ysunadi.
Ikkinchi shart hozirgacha nazariy asoslangani yo‘q.
Nuklonlarning orbita bo‘ylab yadroda harakat qilishligi uchun
nuklonlarning erkin yugurish masofasi yadro razmeriga qariyb teng boMishi
kerak.
Haqiqatan ham, nuklonlarning yadroda o‘zaro kuchli qisqa masofada
ta’sirlashuviga ko‘ra, harakatlanishi nuklonlami sferik-simmetrik maydonda
bir-biri bilan aloqasiz harakatlanadilar deyish imkoniyatini beradi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, biz tanlaydigan yadro
potensialida nuklonlar tekis taqsimlanishi, ya’ni nuklonlarning markazdagi
zichligi maydonning boshqa nuqtalaridagi zichligidan farq qilmasligi,
Do'stlaringiz bilan baham: |