KUCHLI O‘ZARO TA’SIR - bir nechta femtometrdan kichik ma-sofalarda adronlar orasidagi o‘zaro ta’sir; xususan, atom yadrolaridagi nuk-lonlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydi
KYURI - (Ku, Cu) - radiofaol manbada nuklid faolligi(izotop fa-olligi)ning tizimdan tashqari birligi. 1 Ku=3,700x1010 Bk (bekkerel)
KYURI QONUNI - paramagnetiklar magnitik qabulchanligining temperaturaga bog‘liqligi
KYURI TAMOYILI - kristall tashqi tazyiq ostida o‘zining nuqta-viy simmetriyasining faqat tazyiq simmetriyasi elementlari bilan umumiy bo‘lgan simmetriya elementlarinigina saqlab qoladigan qilib o‘zgartirishi-dan iborat jarayon
Do'stlaringiz bilan baham: |