Atom yadrosi – electron, protonlar va neytronlardan tashkil topgan atom o‘zagi. Atom yadrosining xususiyatlarini o‘rganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Atom yadrosida gravitatsion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam bo‘lsa ham atom yadrosi xossalariga ta’siri bo‘ladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik, 10-13 sm. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bog‘liq. Atom yadrosining butun xususiyatlarini o‘z ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari to‘liq o‘rganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan yechish mumkin emas.
Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.
1911- yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Buning uchun tabiiy radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan a-nurlarni metalldan yasalgan juda yupqa plastinkadan o‘tkazdi. Metall plastinkasidan o‘tayotgan a-nurlarning asosan ko‘p qismi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatini davom ettirdi. Oz qismi esa ma’lum burchak ostida harakat yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Juda oz qismi, taxminan 8 mingta a-zarrachalarning bittasi o‘z harakati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi.
Topshiriq!!! Darlikdagi mavzudan foydalangan holda jumlalarni to’ldiring.
Eng kichik zarra….
Atom markazida … lar bor.
… atrofida manfiy zaryadlangan … harakatlanadi.
Atom … lardan tashkil topgan.
…-yilda ingliz olimi … atomlar bo’linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g’oyalarni inkor etdi.
Musbat zaryadli …
Atom yadrosining zaryadi son jihatdan … teng.
Atom musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarracha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng bo‘lgan sondagi yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir.
Atom musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarracha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng bo‘lgan sondagi yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir.