Atom tuzilishi. Kimyo fanining paydo bo`lish tarixi



Download 7,67 Mb.
bet3/52
Sana16.03.2022
Hajmi7,67 Mb.
#498069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
kimyo

Murakkab moddalar. Murakkab modda ikki yoki undan ortiq element atomlarining kimyoviy birikishidan hosil bo’ladi. Ko’pgina murakkab moddalar molekulalardan tashkil topadi, masalan ammiak, suv, karbonat angidrid kabi. Lekin ayrim moddalar, masalan kremniy (IV) oksid va natriy sulfat kabilar molekulalardan iborat emas. Birikmalarda element atomlari aniq massalarda birikadi. Chunki birikmada har bir atom aniq sonda birikadi. Masalan ammiak molekulasida massa bo’yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo’ladi, azot atomi vodorod atomidan 14 marta og’ir. Shunday qilib ammiak molekulasi 1 ta azot va 3 ta vodorod atomidan hosil bo’ladi

Ammiak gazida massa bo’yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo’ladi.
Azot atomi vodorod atomidan 14 marta og’ir.
Har bir ammiak molekulasi 1 N atomi va 3 ta H atomidan tashkil topadi





Aralashmalar. Ikki yoki undan ortiq ( oddiy yoki murakkab) moddalarning fizikaviy aralashishidan hosil bo’ladigan sistema aralashma deyiladi. Chunki aralashmalar kimyoviy modda emas, murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalar ozining massa nisbatlarini o’zgartira oladi. Masalan NaCl va H2O aralashmasi, ularni bir necha xil massa nisbatlarda aralshtirish mumkin. Atom miqyosida qaraydigan bo’lsak, aralashmalar alohida oddiy yoki murakkab moddalardan tashkil topadi. Aralashmalarda uning tarkibidagi komponentlarning xossalari saqlanib qoladi. Masalan, osh tuzining suvdagi eritmasi rangsizligi jihatdan suvga, sho’r ta’mi bilan osh tuziga o’xshaydi. Murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga ajratish mumkin. Masalan osh tuzining suvdagi eritmasidan bug’latish (fizik usul) yo’li bilan suvni chiqarib yuborish mumkin. Keying mulohazalar materiyaning bu turini farqlashga yordam beradi.
4. Kimyo fani tarixi.
Kimyo fani ham boshqa fanlar kabi insoniyatning amaliy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. Inson yashash vositalarini qidirib topar ekan, turli hodisalarning sabablarini asta-sekin o‘rganib, moddalarda bo‘ladigan ba’zi o‘zgarishlardan foydalanish yo‘llarini izlab topdi; insonlar ko‘p foydali materiallar hosil qilishni, rudalardan metallni suyuqlantirib olish, har xil qotishmalar tayyorlash va ulardan foydalanish, shisha pishirish hamda undan turli buyumlar yasash va boshqalarni qadimdan bilar edilar. Qadimgi Misrda kimyoviy jarayonlardan foydalanishga asoslangan ko‘pgina kasbkorliklar eramizdan ancha ilgariyoq taraqqiy etgan edi. Misrliklar temir rudasidan temir suyuqlantirib olish, rangli shisha hosil qilish, te­ri oshlash, o‘simliklardan dorilar, bo‘yoqlar hamda hushbo‘y moddalar ajratib olish va boshqalarni bilar edilar. Kimyoning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixini, asosan, quyidagi besh davrga bo‘lish mumkin:
1. Alkimyodan avvalgi davr. Insoniyat jamiyatida madaniyat boshlangan vaqtdan IV asrgacha bo‘lgan davr. Bu davrda amaliy bilimlar umumlashtirildi.
2. Alkimyo davri — IV asrdan XVI asrgacha bo‘lgan davr. Bu davr kimyogarlarning «falsafa toshi», «obi hayot», «universal erituvchi» borligiga ishonib, ularni topishga intilish davri bo‘ldi.
3. Kimyoning birlashish davri — XVI—XVII va XVIII asrlarni o‘z ichiga olgan davr. Bu davr to‘rt davrchaga: tibbiy himiya (yadro kimyo), pnevmatik kimyo (gazlar kimyosi), flogiston nazariyasi va flogiston nazariyasiga qarshi kurash davrchalariga bo‘linadi.
4. Kimyoda miqdoriy qonunlarning paydo bo‘lish va rivojlanish davri — XVIII asr oxiridan XIX asrning oltmishinchi yillarigacha bo‘lgan davr. U atomistik nazariya, nazariy tushunchalarning aniq ta’riflanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda «atom», «molekula», «atom og‘irlik», «molekulyar og‘irlik» va shu kabi tushunchalarga aniq ta’riflar berildi. Atom va molekulyar og‘irliklarni aniqlash usullari topildi va hokazo.
5. Kimyo taraqqiyotining hozirgi davri. Bu davr XIX asr­ning oltmishinchi yillaridan boshlanadi va kimyo tarixining «oltin davri» deb ataladi, chunki bu davrda davriy qonun, valentliklar haqidagi nazariyalar, stereokimyo, aromatik birikmalar nazariyasi hosil qilindi; sintetik kimyo sohasida yirik muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi: elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, radioaktivlik va boshqalar paydo bo‘ldi. Bu davrda kimyoning turli yangi sohalari (fizikaviy kimyo, biokimyo, bioorganik va bioanorganik kimyolar) vujudga keldi. Kimyoga boshqa fanlarning ilg‘or usullari qo‘llanildi. Shunday qilib, kimyo fundamental fanga aylanadi.

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish