Kimyoning asosiy tushunchalari - Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
- Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
- Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha. M; kislorod – O2,vodorod – H2,azot – N2
- Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element bor.
- Oddiy moddalar – bir element atomlaridan tuzilgan moddalar.M; O2;Fe,S,C,P4,H2,S8 ; C60
- Murakkab moddalar – bir nechta element atomlaridan tuzilgan moddalar.M; KCl, H2O, KMnO4, SO2
Do'stlaringiz bilan baham: |