AES yonilg‘isi qanday qayta ishlanadi?
Yadro reaktorida bir yil foydalanilganidan so‘ng uran almashtirilishi kerak bo‘ladi. Yonilg‘i unsurlari bir necha yil davomida sovutilib, maydalash va eritishga yuboriladi. Kimyoviy ekstraksiya natijasida uran va plutoniy ajralib chiqadi va ulardan yangi yadroviy yonilg‘i ishlab chiqariladi va qayta foydalaniladi.
Uran va plutoniy parchalanishidan olingan mahsulotlardan ionli nurlash manbalari tayyorlanadi, ulardan tibbiyot va sanoatda keng qo‘llaniladi.
Ushbu jarayonlardan so‘ng ajralgan chiqindi eritilib undan shisha tayyorlanadi, shishalar maxsus omborlarda saqlanadi. Ushbu shishalardan radioaktiv moddalarni saqlashda foydalaniladi.
Shishadan atrof-muhitga zarar yetkazadigan radioaktiv unsurlarni ajratib olishning deyarli imkoni yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |