Tabiatda tarqalishi. Tabiatda tarqalishi jihatidan mis bilan bir qatorda (0.003%) turishiga qaramasdan, hozirgi kunda siyrak metallar sirasiga kiritib kelinmokda. Bunga sabab, uni juda sochilib ketganligi va tabiiy birikmalaridan ajratib olishning qiyinligidir.
Olinishi. Bu element yodlash usuli yordamida olinadi. Tozalanmagan birikmasi avvalo sirkoniy yodidga aylantirib olinadi. Maxsus silind idishga solinib volfram simi 1400°S gacha qizdiriladi. Sof sirkoniy sim yuzasiga yopishib qoladi. Lekin bu usul juda qimmat hisoblanadi.
300°S dan yuqorida vodorod gazini, 400°S dan yuqorida kislorod va azot gazlarini yuta oladi. Atom dvigatellarini yasashda sirkoniy bebaho hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |