Ivan Fyodorovich Ponomaryov (25.05.1882-11.08.1982) - Rossiyalik mashhur fizik-kimyogar. Silikat va sement sanoati asoschilaridan biri. Kurnakovning shogirdi. 1918 yilda shisha ishlab chiqarish amaliyotini oshirish uchun Getingenga yuborildi. 1918 yildan o’qituvchilik bilan shug’ullandi.(O’tgan asrning 20-yillarida Sibir va Uralda silikat sanoatini rivojlantirish bilan band bo’lgan. Ponomaryovning 300 ga yaqin qo’llanmalari, 20 ga yaqin ixtirolari mavjud.
Vladimir Stepanovich Shpak (20.02.1909- 23.02.2009) - texnik, kimyo sohasining yetuk mutaxassisi. Raketa yoqilg’isi va yonish jarayoniga oid bir qator ixtirolar sohibi. Og’ir organik kimyo sanoatining yetakchi mutaxassisi sifatida uzoq yillar ishlagan. Uning rahbarligi ostida bir qator kimyoviy korxonalar tashkil etilgan, kimyoning yangi tarmokdari, jumladan, ftororganik birikmalar kimyosi tarmog’i yo’lga qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |