POLIETILEN
Moliyaviy tanglik, yangi texnologiyalar asosida mahsulotlarni batamom yangilash imkonini berdi. Polimerlar kimyosida bunday yangilik va o’zgarishlarni ko’plab uchratish mumkin. Olimlar ommabop mahsulotlarga nanozarrachalar bilan ishlov berib, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlarning sifatini oshirishga erishmoqdalar. Shunday qiziqarli tadqiqotlardan biri rus olimlari tomonidan amalga oshirildi.
Yuqori molekulyar tuzilmali polimer polietilen an'anaviy polietilendan farqi shundaki, uning molekulasi bir necha yuz ming zanjirdan tuzilgan bo’lib, molekulyar massasi bir necha millionni tashkil etadi. Uning bunday tuzilishi yuqori konstruktiv xususiyatga ega bo’lib, hatto po’lat, bronzani o’rnini bosishi, shuningdek, qimmatbaho polimerlar poliamid va ftoroplast o’rnida ham ishlatish mumkin. Bunday polimerni ishlatish sohasiga qarab, turli massa, kattalik va molekulyar tuzilmasiga ega bo’lgan kukunidan foydalaniladi.
Polimerning haroratga chidamliligi tufayli sanoatning turli yo’nalishlarida ishlatilmokda. Jumladan, mashinasozlikda yuqori yuklamali vtulkalar, tishli g’ildiraklar ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida esa nasoslar krani, klapanlari, reaktorlarga qoplamalar tayyorlashda ishlatilmokda. Tog’kon metallurgiyasida yuk mashinalari kuzovi sirtini qoplab, ularning ishlatish muddati uzaytirilyapti. Eng qiziqarlisi, yozda muz maydonlari to’shalib, konki uchish ta'minlandi!!!
Bunday polietilenni tayyorlash uchun polimerning mexanik qobiliyatni faollashtirish maqsadida metallariiig yoki keramikaning nanozarrachalaridan foydalanildi. Nanozarrachalar bir necha usullarda sintez qilindi. Past vakuumli muhitda titan nitrati va oksidining 5-10 nm.li zarrachalari olindi. Titan oksidini olish davomida hosil bo’lgan kuldan fraksiyalarda shisha mikrosferalar ajratib olindi. Bu moddalardan polimer kompozitlari tayyorlashda foydalanildi.
Polimerning molekulasi qanchalik uzun bo’lsa, eritmasi shunchalik qayishqoq bo’la boshlaydi, bu esa nanozarrachalarning bir xilda taqsimlanishini qiyinlashtiradi. Bu muammoni mexanik sintez qilish usuli orqali bartaraf etilmoqda. Buning uchun polimer granulalari va nanozarrachalar birgalikda yuqori tezlikdagi tegirmonda maydalanadi. Natijada nanozarrachalar turli agregatlarni hosil qilishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun tegirmonga sirt-faol moddalar qo’shiladi.
Bunday polimerlar radiatsiyaga 1,6-1,8 marta chidamli, mustahkamligi, qattiqligi, tarangligi 3 martaga oshdi. Bu albatta ishlab chiqarishda iqtisodiy ta'minot va sifatga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
D.AZAMATOVA tayyorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |