Rutil – TiO2. Nomi yunoncha «rutilus» qizil degani. Bunda Ti – 60%, 0-40% bo`ladi, bundan tashqari Fe, Cr, V ishtirok etsa, Sn – miqdori 1,5% bo`ladi. Rutilning temirga boy xilini nigirin, niobiy va tantalli turi – struverit deb yuritiladi. Rutilning tolasimon, qilsimon ko`rinishidagisini – sagenit deyiladi. U tetragonal singoniyada kristallanadi, odatda prizmasimon, ninasimon, ustunsimon shakllarda bo`ladi. Rutil - qo`ng`ir, to`q sariq, qizil va qora ranglarda uchraydi. U olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og`irligi – 4,2, ancha mo`rt mineral. Rutil o`ziga o`xshash modifikatsiyalar – anataz – TiO2 , brukit – TiO2 lar orasida eng barqarori hisoblanadi.
Rutil xilma-xil sharoitlarda hosil bo`ladi. Kamdan-kam holda o`rta va nordon intruziv jinslarda va ular pegmatitlar hamda metamorfik jinslarda paydo bo`ladi. Rutilning yirik konlari – Norvegiya, Shvetsiya, Rossiyaning Ilmensk tog`larida, AQSHning Virgina shtatlarida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |