Atmosferada gaz aralashmalari
Quruq havo tarkibiga kichik miqdordagi ba’zi gazsimon aralashmalar ham kiradi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
Gaz
|
Hajm bo‘yicha ulushi, %
|
Gaz
|
Hajm bo‘yicha ulushi, %
|
Metan (CH4)
Uglerod oksidi (CO)
Oltingugurt dioksidi (SO2)
Azot oksidi (N2O)
|
1,5·10-4
0 dan izigacha
0 dan 10-4 gacha
5·10-5
|
Azot dioksidi (NO2)
Radon (Rn)
Yod (J2)
|
0 dan 2·10-6 gacha
6·10-18
0 dan 10-6 gacha
|
Atmosferadagi bu gazlar ham tabiiy, ham antropogen kelib chiqishga ega. Buning natijasida mazkur gazlarning konsentratsiyasi global miqyosda ortib bormoqda.
Atmosfera aerozoli
Atmosfera tarkibiga aerozollar deb ataluvchi havoda muallaq holatda bo‘lgan ko‘psonli qattiq va suyuq moddalarning aralashmalari ham kiradi. Qattiq aerozol zarralarining radiusi 10-810-2 sm, tomchilarning radiusi esa -10-510-1 sm ni tashkil etadi.
Atmosfera aerozoli murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning mahsulotidir. Bu jarayonlarning murakkabligi va aerozol qisqa vaqt mavjud bo‘lganligi tufayli, uning kimyoviy tarkibi va fizikaviy xarakteristikalari nihoyatda o‘zgaruvchan.
Atmosfera aerozollarining tarkibi va hosil bo‘lish manbalariga ko‘ra ularni quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin.
Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan aerozollarga quyidagilar kiradi:
tuproq zarrachalari va tog‘ jinslarining shamol natijasida yemirilishi hisobiga hosil bo‘lgan mahsulotlar (chang), atmosferaga yil mobaynida qo‘shiladigan bu zarralarning miqdori keng chegaralarda o‘zgaradi va 130 dan 8000 mln. t gachani tashkil qiladi;
vulqon aerozoli (kul), atmosferaga yiliga 200 dan 1000 mln. tonnagacha qo‘shiladi;
dengiz mavjlari tomchilaridan bug‘lanish mahsulotlari (asosan NaCl), atmosferaga yiliga 300 dan 1300 mln. tonnagacha qo‘shiladi;
o‘rmon yong‘inlarining qurum zarrachalari, atmosferaga yiliga 3 dan 360 mln. tonnagacha qo‘shiladi;
koinot changi, meteoritlar yonishidan paydo bo‘ladi, ularning miqdori yiliga 0,25 dan 14 mln. tonnagacha;
atmosferaga bevosita chiqariladigan (o‘simliklarning changi, mikroorganizmlar va h.k.) va uchuvchan organik birikmalar kondensatsiyasi yoki bu birikmalar orasidagi kimyoviy reaksiyalar natijasida shakllanadigan biogen kelib chiqishga ega bo‘lgan zarrachalar, shuningdek tabiiy gazsimon reaksiyalar mahsulotlari (masalan, oltingugurtning okean sirtidan ajralib, uning qayta tiklanishi hisobiga hosil bo‘luvchi sulfatlar). Turli baholashlarga ko‘ra atmosferaga bu zarrachalar 345 dan 1460 mln. tonnagacha qo‘shiladi.
Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan aerozollarning umumiy miqdori yiliga 978 dan 12100 mln. tonnagacha o‘zgarishi mumkin.
Antropogen kelib chiqishga ega bo‘lgan aerozollar ikkinchi sinfni tashkil etadi. Bunday aerozol manbalariga quyidagilar kiradi:
sanoat korxonalari, transport va yoqilg‘i yoquvchi qurilmalardan bevosita chiqindilar (qurum, tutun, yo‘l changi zarrachalari va h.k.), shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlaridan shamol natijasida ko‘tariluvchi mahsulotlar; jami bu manbalardan atmosferaga bir yilda 18 dan 240 mln. tonnagacha zarralar chiqarildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |