Atmosfera havosi harakat tenglamasi Reja: Kirish Atmosfera haqida umumiy ma’lumot


SIKLONNING ATMOSFERA FRONTIDAGI TO’LQINSIMON HARAKATI



Download 35,83 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi35,83 Kb.
#248665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atmosfera havosi harakat tenglamasi

2.2 SIKLONNING ATMOSFERA FRONTIDAGI TO’LQINSIMON HARAKATI

Siklonni atmosfera frontidagi to‘lqinsimon harakat deb qarov­chi nazariyani norvegiyalik iqlimshunos V. Berknes ishlab chiqqan. Bu nazariya siklonlarning vujudga kelishini yaxshi tushuntiradi. Ular­ning rivojlanishiga, birinchidan, issiq va sovuq havo adveksiyasi, ikkinchidan, havo teperaturasining adiabatik hamda gidrodinamik o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. Temperaturaning gidrodinamik o‘zgarishi iliq havo massasi temperaturasining bug‘ hosil bo‘lishi yashirin issiq­ligining ajrab chiqishi hisobiga ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir.

Siklonlar Yerning uncha katta bo‘lmagan masofada temperatura an­cha keskin farq qiladigan va binobarin, issiq va sovuq havoning intensiv adveksiyasi uchun sharoit mavjud bo‘lgan joylarda vujudga keladi. Atlantika okeanining SHimoliy Amerika sharqiy qirg‘oqlari yaqinidagi shimoliy qismi va Tinch okeanining Sharqiy Osiyo yaqinidagn shimoliy qismlari ana shunday joylardir.

Qishda okeanlar bilan materiklar orasida ayniqsa iliq oqim­lar o‘tadigan rayonlarda temperatura tafovutlari juda kuchaygan paytda siklon faoliyati kuchayadi. Bu vaqtda O‘rta dengiz ustida ham siklonlar vujudga kelib turadi.

Iliq va sovuq havo tillari oralig’ida vertikal yuzada ham muayyan o‘zaro munosabatlar paydo bo‘ladi. Iliq havo sovuq havo yon bag‘ri bo‘y­lab sharq tomonga qarab ko‘tariladi. Sharq tomonga qarab ko‘tarili­shiga Yer aylanishi ta’sirida o‘ngga burilish sabab bo‘ladi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilayotgan joyda past bosim oblasti (47­rasmdagi Pb) ­tarkib topadi. Bu siklon markazi. Siklon markazi frontda joylasha­di, butun siklon esa front to‘lqinlarining botig‘ida rivojlanadi.

Siklondan hamma tomonga qarab bosim ortib boradi, ya’ni siklonda izobaralar yopiq bo‘lib, barik gradient siklon markaziga yo‘nalgan bo‘­ladi. Shamollar ham siklon markaziga tomon shimoliy yarim sharda soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishdagi, janubiy yarim sharda esa soat strelkasi harakati yo‘nalishidagi egri chiziq bo‘ylab esadi. Ha­vo ana shunday aylana (siklik) harakat qilganligidan siklon nomi kelib chiqqan. Shunday qilib, atmosferaning bosimi past (markazida eng past) havo, markaz atrofida soat strelkasi harakati yo‘nalishiga teskari (janubiy yarim sharda soat strelkasi harakati yo‘nalishida) harakat qiladigan va o‘ziga xos ob-havoga ega bo‘lgan holatiga siklon deb atadadi.

Biz siklonda havo ikki xil — gorizontal yuzada aylana shaklida va ko‘tarilma harakat qilishini aytdik. Aslida esa havoning bu ikki xil harakati qo‘shilib ketadi, ya’ni markaz atrofida spiral bo‘yicha yuqoriga harakat qiladi.

Siklonda temperaturasi har xil bo‘lgan ikki havo massasining ishtirok etishi ikkita sektor—iliq va salqin sektorning tarkib to­pishiga sabab bo‘ladi. Iliq sektorda havo massalari janub va janu­bi-g‘arbdan keladi. Bu sektor 180° dan kichik bo‘ladi. Salqin sektor siklon markazining sharq, shimol va g‘arb tomonlarini egallaydi, u 180° dan katta bo‘ladi

Havo massalari orasidagi kabi, sektorlar orasida ham doimo frontlar bo‘ladi. Iliq sektorning sharqiy qismida iliq front joy­lashadi. Bu frontda iliq havo massalari sovuq havo yoi bag‘ri bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Siklonning g‘arbiy qismida sovuq havo issiq havo ostiga kirib keladi, bu yerda sovuq front joylashadi. Bu har ikkala front atmosfera asosiy frontining qismlaridir, lekin ular turli havo massalari tillarining bir-biriga yaqinlashishi va shamol­lar tutashib ketganligidan aktivlashgan bo‘ladi.

Past bosim oblastiga janubiy-g‘arb tomondan muttasil salqin havo kelib turadi. Salqin havo oqimi iliq havoni, u bilan birga bu­tun past bosim oblastini sharqqa surib, qisib boradi. Shunday qilib, siklon g‘arbdan shimoli-sharqqa surilib turadi. Bu yo‘nalish mo‘ta­dil mintaqada g‘arbiy shamollar yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Siklonlar harakatining o‘rtacha tezligi soatiga 30—40 km ni, sutkasiga esa 700— 900 km ni tashkil etadi.




Download 35,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish