SHu sababli o’rmonzorlardagi 1 m3 havoda 200-300 dona bakteriyalar bo’lsa, katta shaharlar havosida uning soni 200-250 barobar ko’p.
Ma’lumotlarga ko’ra yashil o’simliklar ko’p va jon boshiga 2 m3 dan oz to’g’ri keladigan shaharlarga nisbatan kishilarning o’lishi 1,5 marta kam.
SHunday qilib, yashil o’simliklar atmosfera havosini toza saqlashdan tashqari, kishilarga psixofiziologik ta’sir etib, ularga estetik zavq ham beradi. SHuning uchun qishloq va shaharlarimizda yashil o’simliklar maydonini tinmay kengaytirishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |